Faol jamoatçi muxbirlar taqdirlandi

Tumanimiz matbuoti – xalqimiz hayotining yorqin sahifalarini yaratuvçi maʼnaviyat va maʼrifat dorilfunundir. Bu dorilfunun, mana 85-yildirki, aziz amudaryoliklarni, fidoyi va mehnakaş xalqimizni yangi marralar, buyuk özgarişlar sari ilhomlantirib, mustaqillik ğoyalarining çinakam tarğibotçisi sifatidagi şarafli missiyani ado etib kelmoqda.
“Taraqqiyot közgusi” va uning ilova naşri “Mening oilam” gazetalarining juğrofiy qamrovi keng, öqişli va xalqimiz turmuş tarziga monand maqolalarga boy ravişda çop etilişida, albatta, jamoatçi muxbirlarning hissasi katta. Gazeta tahririyati bilan mustahkam hamkorlikda öz ijod namunalari bilan faol iştirok etayotgan jamoatçi muxbirlar qalamiga mansub adabiy-badiiy, tarixiy, maʼnaviy-axloqiy mavzulardagi maqolalarning muştariylar tomonidan sevib öqilişi esa gazeta obunaçilari safining oşib borişini taʼminlamoqda.
Şu yilning 5-yanvar sanasida “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalari tahririyatida 2018-yil davomida publitsistikaning turli janrlaridagi ijod namunalari hamda şeʼr va hikoyalari bilan gazeta faoliyatida samarali iştirok etgan faol jamoatçi muxbirlardan bir guruhi bilan tahririyat ijodiy jamoasininguçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvda “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari boş muharriri Ğ.Yeşniyozov 2018-yilda özlarining sermazmun ijodlari bilan gazetada faol iştirok etgan jamoatçi muxbirlarga ijodiy jamoa nomidan minnatdorçilik bildirib, ularga tahririyat tomonidan “Taşakkurnoma” hamda sovğalar topşirdi.
“Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari tahririyatlari bilan faol hamkorlik qilib, diniy-maʼrifiy va tarixiy mavzulardagi sermazmun maqola va oçerklari bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoş avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga hamda tuman matbuoti rivojiga qöşgan katta hissasi uçun Qodirbergan hoji Jumamurodovga, tumanda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni rivojlantirişga, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşga va rağbatlantirişga, tuman matbuoti rivojiga qöşgan hissasi uçun Saʼdulla Xöjaniyozovga, aholi örtasida kitobxonlikni tarğib qilişga, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişga hamda tuman matbuoti rivojiga qöşgan hissasi, “Jayxun ilhomlari” NNT tadbirlarida faol iştirok etgani uçun Tursunboy Abdullayevga, ahillik va hamjihatlik, mehr-oqibat, döstlik va vatanparvarlik kabi yuksak insoniy tuyğularni tarannum qiluvçi şeʼrlari bilan tuman matbuotiga qöşgan hissasi uçun Jumaboy Hidoyatovga, yuksak insoniy fazilatlarni tarannum qiluvçi şeʼrlari hamda muammolarni oçib berib, ularning yeçimini topişga çorlovçi maqolalari bilan tuman matbuoti rivojiga qöşgan hissasi uçun Örozali Peyimovga, jamiyat hayotidagi kamçilik va muammolarni yorituvçi maqolalari, xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy özgarişlarni aks ettiruvçi şeʼrlari bilan tuman matbuoti rivojiga qöşgan hissasi uçun Zuhra Ahmedovaga, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni ommaviy madaniyatning xatarli taʼsirlari va yot ğoyalardan asraşga xizmat qiluvçi maqola va şeʼrlari bilan tuman matbuoti rivojiga qöşgan hissasi uçun Aziza Madrahimovaga, xalqimiz turmuş tarzida yuz berayotgan ijobiy özgarişlar haqdagi maqolalari, yoşlarni vatanparvarlik va milliy istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşga xizmat qiluvçi şeʼrlari bilan tumanimiz matbuotiga qöşgan hissasi uçun Şahzod Qurbonboyev hamda Iroda Yerdoşvalarga “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari tahririyati tomonidan “Taşakkurnoma” izhor etilib, sovğalar berildi.

“Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari – tan oliş kerakki, sönggi 7-8-yil içida maqolalar mavzu rang-barangligi, dizayni, janr xususiyatlari jihatidan yuksak sifat darajasiga yetdi, - dedi Qodirbergan hoji Jumamurodov. – Gazeta – haqiqiy xalq minbariga aylandi. Bundan keyin ham xalqimizning bir vakili sifatida gazeta faoliyatida öz maqolalarim bilan iştirok etaman.
Haqiqatdan ham tumanimiz matbuoti taraqqiyot yöliga kirdi, - dedi uçraşuvda sözga çiqqan Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozov. – Ayniqsa, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ilk kitoblarini çop etiş borasida kömaklaşiş, öz iqtidorlarini namoyiş etişlari uçun şaroitlar yaratiş borasida gazetalar tahririyatining munosib örni bor.
Şuningdek, uçraşuvda sözga çiqqan “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov, Tursunboy Abdullayev, gazetaning maxsus muxbiri Oygul Pajabovalar jamoatçi muxbirlar bilan ijodiy hamkorlikning samarali natijalari haqida fikrlarini bildirdilar.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶