25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 02:44
Jamiyat 👁 1,129

TUZ QAʼPIDA MUDPAB YoTGAN OROLBOʻYI HUDUDIDA HAYoT QAYTA JONLANMOQDA

TUZ QAʼPIDA MUDPAB YoTGAN OROLBOʻYI HUDUDIDA HAYoT QAYTA JONLANMOQDA

Orol dengizi oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida butun dunyodagi koʻllar orasida kattaligi jihatidan toʻrtinchi oʻrinni egallagan, maydoni 67 ming 499 kvadrat kilometr boʻlib, yiliga 40-45 ming tonna baliq ovlangan.

Dengizning tobora qurib borishi natijasida baliqlarning 11 turi, oʻsimliklarning 11, qushlarning 26, hayvonlarning 12 turi umuman yoʻq boʻlib ketgan. Bir vaqtlar – 1960-yillarda dengizning umumiy maydoni 68 ming kvadrat kilometrni, chuqurligi 54 metrni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib, umumiy maydoni 6200 kilometr kvadrat, chuqurligi 20 metrni tashkil etadi, suvining 1 metridagi tuz miqdori 130 grammga yetdi. Dengiz oʻrnida 5.5 million gektarlik tuz sahrosi paydo boʻldi. Bu sahrodan atmosferaga har yili 100 million tonnadan ortiq chang va tuz havoga uchib, bizning hududimizdagina ekologik muammolarni yuzaga keltirib qolmay, hatto Yevropa qitʼasiga, Irlandiya muzliklari, Norvegiya toʻqayzorlari, Antarktidaga ham yetdi. Orol dengizi hududida turmush tarzi tobora ogʻirlashib, yoz mavsumida havo harorati 40 gradusdan yuqori boʻlgan kunlar ikki hissa ortdi va hayvonot va nabotot olamiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Xullas, har birimiz Orol fojeasi oqibatlarini turmushimizda har kuni yaqqol his qilayotirmiz. Shu kungacha barchaning koʻnglida bir xavotir yashirin edi: endigi hayotimiz qanday kecharkin? Ayniqsa, kun sayin turmush tarzi murakkablashib borayotgan moʻynoq tumani hayoti nima boʻladi?

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga har tashrifi chogʻida albatta, ushbu hududda boʻlib, haqiqiy ahvol bilan yaqindan tanishdilar, Orol fojeasi faqat Oʻzbekiston hal qilishi qiyin masala ekanligini chuqur his qildilar va hudud aholisiga alohida eʼtibor qaratdilar, munosib turmush tarzi yaratishga xizmat qiluvchi Moʻynoq tumanini 2017-2018-yillarda rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha 2017-yil 28-fevralda maxsus qaror qabul qildilar.

Shuningdek, “2017 – 2021-yillarda Orolboʻyi regionini rivojlantirish davlat Dasturi haqida”gi Qarori asosida oʻtgan davrda Qoraqalpoq diyorida koʻpgina ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, yuksalishlarga erishildi.

Azal-azaldan bir ota-ona farzandlariday ahil va bir-biriga gʻamxoʻr boʻlib yashab kelgan qon-qarindosh qoraqalpoq elidagi ekologik muammo haqida hurmatli Yurtboshimiz 2017-yil 29-sentabrda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72 sessiyasida soʻzlab, Orol dengizi fojeasi oqibatlarini hamkorlikda hal qilishga dunyo mamlakatlari eʼtiborini qaratdi, Orol dengizining bugungi xaritasini qoʻliga olib koʻrsatib, barcha mamlakatlar uchun ham bu fojea jiddiy xavotirlar tugʻdirishini isbotlab berdi. Natijada 2018-yil 27-noyabrda Nʼyu-York shahrida boʻlib oʻtgan Majlisda oʻzaro hamkorlik asosidagi Trast fondi tashkil etildi.

Bu Orol muammosi chin maʼnoda butun dunyo muammosiga aylanganidan darak beradi. Ayni kunda xalqaro tashkilotlar, hamkor mamlakatlardan ushbu fondga kelib tushayotgan mablagʻlar tuz qoʻynida mudrab yotgan Moʻynoqning uygʻonishiga, hayotning qayta jonlanishiga xizmat qilmoqda.

Hurmatli Yurtboshimiz 2018-yil 16-17-noyabr kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida ushbu hududda 2019-2020-yillarda 500 ming gektar yerda saksovulzor barpo etishni topshirgan edi. Bu haqda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham alohida toʻxtalib oʻtdi.

Bugungi kunda Orol dengizining qurigan hududida ushbu topshiriqni ado etish maqsadida qizgʻin mehnat jarayoni ketmoqda. Pespublikamizning turli viloyatlaridan hasharga kelgan 100 nafardan ziyod ishchi va mexanizatorlar, jami 406 dan ortiq texnikalar saksovul ekishga jalb qilingan, 2 ta samolyot yordamida kuniga 3 ming gektar yerga urugʻ sepilmoqda, 10 gradus atrofidagi sovuq havo ham yurtdoshlarimiz koʻnglidagi Orol fojeasi oqibatlarini bartaraf etishga hissa qoʻshishdek ezgu maqsad yoʻlidagi harakatlariga toʻsqinlik qilolmayotir.

Ha, bugun ushbu maqsad yoʻlida nainki butun elimiz, balki, butun dunyo birlashdi, oyoqqa turdi.

Bu ezgu ishlar ayniqsa bizning, ushbu hudud aholisining koʻnglida ertangi kunimizga ishonchni mustahkamlaydi. Bularni, muhtaram Yurtboshimizning Qoraqalpogʻiston Pespublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtiborini va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yosh avlodlarga chuqur yetkazishga bagʻishlangan umumtaʼlim maktablarida qoʻshimcha dars soatlari joriy etildi.

Qoʻshimcha dars soatlarida foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Orol dengizining avvalgi va bugungi kundagi haqiqiy ahvoli, dengizning tobora qurib borishi natijasida yuzaga kelgan muammolar va ularning bartaraf etilishi uchun olib borilayotgan olamshumul ishlar haqida maʼlumotlar beruvchi videomateriallar tayyorlandi va maktablarga tarqatildi. Buningdek qoʻshimcha dars soatlar tumanimizning 38-40-maktablaridan boshlandi va umumtaʼlim muassasalarida davom ettirilmoqda.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026