Milliy Armiyamizning 27 yilligiga
ONA YuRT QALQONI
Vatan, qadding baland bugun dunyoda,
Baxt-u iqboling ham qadring ziyoda.
Yuraklarda ezgu ahding ziyoda –
Tegrangda mustahkam qörğon bor uçun!
Tarix sahfasidan joy olgan yillar
Zalvorin yelkalab ulğaydi dillar...
Vatan, deb talpingan sohir köngillar –
Yuraklarda ERK degan tuğyon bor uçun!
Har onda ezgulik tomon evriliş,
Har qariç yerda rizq, barokatli iş.
Çöl-u sahroda ham buyuk özgariş –
Taraqqiyot, ilm va irfon bor uçun!
Sarhadlar daxlsiz, osmon muazzam,
Xalq yakdil – totuvlik elda mujassam.
Bir yuz öttiz olti millat jamul-jam
Ulğaytgan barkamol davron bor uçun!
Ana, mangu yangrar tinçlikka qasam,
Qon-qarindoşlik – döstlikka qasam.
Istiqlolga qasam – hurlikka qasam –
Poyingga tiz çökkan öğlon bor uçun!
Otaning köngli töq, yaşar xotirjam,
Beşiklarin quçgan onalar xurram.
Vatan, har kuningda tantana, bayram –
Qudratli Armiyang – QALQON bor uçun!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶