HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI UYuŞQOQLIK BILAN ÖTKAZILMOQDA
2018-yil 13-dekabr kuni mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari taşkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kunini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoyişda uşbu sanani umumxalq bayrami sifatida keng nişonlaş, aholi, ayniqsa, yoşlar könglida milliy armiyamizga hurmat va işonç hissini uyğotiş, ona Vatanimiz sarhadlarini işonçli himoya qilayotgan askarlarimizdan örnak olişga daʼvat etiş maqsad qilib qöyilgan.
Farmonga muvofiq mamlakatimizda 2018-yilning 15-dekabridan 2019-yil 15-yanvariga qadar vatanparvarlik oyligini, oylik davomida “Vatan – muqaddas, uni himoya qiliş şarafli burçdir!” degan ğoyani ifoda etuvçi köplab tadbirlar ötkaziş belgilangan edi.
Mazkur vazifalarning tumanda ijro etilişini taʼminlaş maqsadida tuman hokimining farmoyişi qabul qilindi. Farmoyişga muvofiq tumanimizning barça hududlarida aholi, ayniqsa, yoşlarni jalb qilgan holda bayram tadbirlari taşkil qilinmoqda.
Taʼlim muassasalarida esa “Mardlik va jasorat” mavzusida darslar ötkazilmoqda.
Bu tadbirlarda Vatanimizning tinç-osudaligini taʼminlaşdagi Qurolli kuçlarning örni va ahamiyati, harbiy xizmatçilarning öz xizmat vazifalarini ado etişdagi jangovar qobiliyati va fidoyiligi keng tarğib qilinmoqda.
“Vatan – muqaddas, uni himoya qiliş şarafli burçdir!” degan ğoyani ifoda etuvçi bayram tadbirlarida tuman Madaniyat bölimi xodimlari tomonidan tayyorlangan yurtga sadoqat va fidoyilikni, ona Vatanni, vatanimiz sarhadlarida doimo sergak va huşyor turgan askarlarning harbiy qasamyodiga sodiqligini ifoda etuvçi sahna körinişlari, qöşiq va raqslar ijro etilmoqda. Bu tomoşabinlar könglida milliy armiyamizning jangovar qudratiga işonç hissini mustahkamlamoqda. Bunday tadbirlarda harbiy xizmatçilar oila aʼzolarining ham iştirok etayotgani, jangovar – xizmat faoliyatida yuqori natijalarni qölga kiritgan harbiy xizmatçilarning mehnati taqdirlangani, şuningdek, tumanda harbiy vatanparvarlik yönalişida eng yaxşi faoliyat körsatgan mahalla, harbiy qismdagi eng yaxşi Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti, eng yaxşi çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi tanlovlarining ğoliblari aniqlanib, rağbatlantirilgani tadbirlar ahamiyatini yanada oşirdi.
Bir oy davom etgan harbiy vatanparvarlik oyligi tadbirlari xalqimizning milliy armiyamizga, ertangi kuniga işonçini mustahkamladi, yurtimiz tinç-osoyiştaligini işonçli qöriqlab turgan harbiy öğlonlarga hurmat-havas tuyğularini oşirdi va Özbekiston Respublika Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 27 yilligi bayram tantanalariga ulanib ketdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶