“Temurbeklar maktabi”da mard va jasur öğlonlar tarbiyalanadi
Harbiy bölişni bolalikdan orzu qilganman. Ayniqsa, ovulimizdan ketma-ket 4 nafar yigit şu soha böyiça öqişga kirib, harbiy libosda qaytişganini körgaç, havasim yana ham ortdi. Oilamizda opalarim va akam ota-onamizning izidan borib, öqituvçilik kasbini tanlaşgan bölsa-da, mening harbiy böliş haqidagi qarorimni hammalari qöllab-quvvatlaşdi. Hatto ota-onam bundan juda faxrlanişdi.
Men bundan ruhlanib, tayyorgarlikni boşlab yubordim hamda Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan Urganç şahridagi “Temurbeklar maktabi”ga hujjat topşirib, bosqiçma-bosqiç ötkazilgan tibbiy körik, jismoniy tayyorgarlik, suhbat va test sinovlarining barçasidan muvaffaqiyatli ötdim. Hozir “Temurbeklar maktabi”ning 1-bosqiçida taʼlim olayapman. Bu yerda biz uçun yaratilgan katta imkoniyatlardan foydalanib, berilayotgan bilimlarni çuqur örganişga astoydil harakat qilayapman. Ustozlarimdan rus tili fani öqituvçisi Ozoda Rözmetova, guruh komandiri katta serjant Talğat Ahmedov, vzvod komandiri kapitan Otabek Xoliqnazarov, komandir yordamçisi katta serjant Abduvahob Ismoilovlardan ilm va örnak olib, öqişni şu soha böyiça oliy öquv yurtida davom ettiriş niyatidaman.
Kelajakda Çirçiqdagi harbiy bilim yurtida mahorat va bilimimni yanada mustahkamlab, malakali harbiy kadr bölib yetişiş, salohiyatim va bilimimni milliy Armiyamiz qudratini yanada yuksaltirişga bağişlaş – eng katta orzuimdir.
Sohibjon Nurullayev, Urganç şahridagi
“Temurbeklar maktabi”ning 1-bosqiç, 104-guruh öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶