28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:48
Maqolalar 👁 857

QANGLIGA EL BOʻLGAN ZAMIPA

QANGLIGA EL BOʻLGAN ZAMIPA

Hayotda yaxshi insonlar juda koʻp. Yaxshilar borligi uchun imkonlar chamalagan ishlarimizning ufqi yorqin. Yorqin ufqlarni koʻzlab yashash, mehnat qilish, orzular roʻyobi uchun intilish – fidoyilik. Har gal tahririyat yoʻllanmasi bilan tumanimizning olis qishloqlariga yoʻl olarkanman, yaxshilikdan, ezgu ishlardan, fidoyiliklardan rang olgan obod va sarishta xonadon, oʻzaro mehr-oqibat, odamiylikdan nurafshon oila, xalqim, deb xalqiga qayishib, singishib yashayotgan yurtdoshlarimiz suhbatlariga orzumand tuygʻular uygʻonadi dilimda.

Bu safar soʻz aytib, soʻzidan qaytmaydigan, vaʼdasini hech unutmaydigan, biri-biridan ish oʻrganib, kasb-u koridan ovul-elini bahramand qilishdan koʻngli toʻlib-toshib, “men qanglilikman!” deya faxrlanib yuradigan mard-u maydonlar huzuriga yoʻl oldik.

– Men ham qanglilikman desam, koʻnglim toshib ketadi, – faxrlanib soʻzlaydi Qangli qishloq vrachlik punkti mudirasi Zamira Saparova. – Aslida shu yurtga kelinman-u, hech kim menga kelin, demaydi.

Zamira. Qorachadan kelgan, qosh-koʻzlari qora, oʻrta boʻyli, istarali bu ayolni Qangli ovulida kattalar qizim, singlim, kichiklar opajon, deb chaqirishadi. Asli Kuyukkoʻpir ovulida tugʻilib oʻsgan Zamiraxon taqdirning goʻzal tuhfasi – baxtini ana shu insonlar orasidan topdi. Oiladagi 9 nafar oʻgʻil-qizning toʻrtinchisi boʻlgan Zamira kuyukkoʻpirlik Yoʻldosh doʻxtir (otasini shunday atashardi) ni hayron qoldirib:

– Katta boʻlsam, ka-a-tta doʻxtir boʻlaman! – derdi ishonch bilan.

Kuyukkoʻpir hududiy shifoxonasida feldsher boʻlib ishlovchi otasining shaxsiy tibbiy anjomlarini yuragida cheksiz orzu va mehr bilan ushlab koʻrar, oʻzini shifokorlarday sipo va muloyim tutar, uning bu odatlaridan otasi ham quvonar, ham zavqlanardi. Ana shu bolalik orzulari ogʻushida u maktabga bordi, ana shu orzulari bilan birga yashab, birga ulgʻaydi. 19-sonli umumtaʼlim maktabida kimyo-biologiya fanlari oʻqituvchilari Adilboy ustozi bilan Maryash Nurekeshova uni kimyo va biologiya fanlarining moʻʼjizakor olamiga olib kirganlarida qalbida nish urgan orzu chechaklari gulga kirdi goʻyo.

Oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan Zamira Saparova hujjatlarini Samarqand Davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga topshirdi.

– Talaba boʻlgan kunimni hech unutmayman, – deydi u orzulari yoʻlida ilk qadam qoʻygan damlarini eslarkan. – Oʻzimdan ham koʻproq otam quvondilar. “Endi sen faqat xalqni, xalqimiz farzandlarining sogʻligini oʻylab yashaysan, xalqqa xizmat qilish ham sharaf, ham savob”, – dedilar. Keyinchalik ish faoliyatimda ham otam doimiy maslahatgoʻyim va ustozim boʻldilar.

Institutni muvaffaqiyatli tugatgan Zamiraxon Saparova 1988-1989-yillarda Possiyaning Tolyatti shahrida internatura bosqichini oʻtadi. Institut taqsimot komissiyasining yoʻllanmasi bilan tumanimizga kelgan yosh shifokorni Qipchoq hududiy shifoxonasiga pediatr shifokor qilib ishga tayinlashdi. 1989-yildan 2003-yilgacha ushbu shifoxonada faoliyat olib borgan Zamira Saparovani qipchoqliklar nafaqat bolalar shifokori, balki samimiy va xushmuomala, kamtarin inson sifatida yaxshi koʻrib qoldilar. Talabalikdan biri-biriga mehr qoʻygan kursdoshi va kasbdoshi Shukurulla Sultonov bilan oila qurganlarida esa qangliliklar: “qoʻli yengil doʻxtir qiz endi oʻz qizimiz boʻldi”, – deya sevinishdi. Ular Zamiraxonni “kelinimiz”, deb emas “qizimiz” deb qabul qilishdi.

– Shuning uchun qanglilikman, desam, koʻnglim toshib ketadi-da.

 

Zamira faxr bilan qanglilikman, deyishining isbotini men, avvalo uning oilasida koʻrdim. Nihoyatda sarishta hovli-joy, saranjom xonadon, hatto umr yoʻldoshi Shukurulla Sultonov va oʻgʻil-qizlarining oʻzaro munosabatlarida ham mehribon va fidoyi, tadbirli oila bekasi Zamiraxonning sadoqatli rafiqa, jonkuyar ona, oʻzbek ayoliga xos betakror nazokatini his etdim. Nazarimda Zamiraxon erishayotgan jamiki muvaffaqiyatlar zamirida oiladagi ana shu toʻkislik, xotirjamlik mujassam edi.

Tinib-tinchimas, izlanuvchan va intiluvchan Zamira Saparova juda tez el-yurt, rahbariyat nazariga tushdi. 2003-yilda uni tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyati Qangli QVP mudiraligiga tayinlashdi.

Qangli QVP tumandagi aholi qatnovi koʻp, xizmat koʻrsatish hududi katta tibbiy muassasalardan biri edi. Zamira Saparova QVP mudiraligini qabul qilib olgan kunidan boshlab, eng avvalo jamoada qatʼiy mehnat intizomi oʻrnatish, shu asosda tibbiy xizmat koʻrsatish hududining aholi qatlamini oʻrganishdan boshladi. Aholini qabul qilish boʻyicha aniq jadval ishlab chiqdi. Nuroniylar kuni, yoshlar va oʻsmirlar kuni, yosh oilalar, xonadon va ekologiya, ayollar va qizlar, oʻquv muassasalari kunlari alohida belgilanib, shu asosda umumiy amaliyot shifokorlari, tibbiy hamshiralarning kasbiy malakalarini oshirib borishlariga alohida eʼtibor qaratdi. Bugungi kunda 8250 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan Qangli ovulining har bir xonadoni, har bir oilasi Zamira uchun tanish, qadrdon.

– Muassasamizda 30 nafar tibbiy xodim ishlaydi, – deydi u xuddi oʻz oilasi haqida gapirayotganday mehr bilan. – 5 nafar oliy maʼlumotli umumiy amaliyot shifokorimizning 3 nafari oliy toifaga, bir nafari 1-toifaga ega. Bir nafar shifokorimiz yaqinda oʻz ish faoliyatini boshladi. Xizmat xududimizdagi 1450 ta xonadonning barchasi qatʼiy nazoratimizda. 13 nafar patronaj hamshiralar aholi salomatligi bilan bogʻliq barcha masalalarda uyma-uy kirib borib, odamlar bilan muloqotda boʻladilar.

– Sogʻligim masalasida tuman markaziga yoki boshqa joyga borishimga aslo hojat yoʻq, – deydi Tamara Taygarayeva. – Oʻzim uchun zarur tibbiy maslahat va yoʻriqlarni QVPning oʻzida olaman. Men Zamira opaning fidoyiliklari, patronaj hamshiralarning tibbiy xizmatlari tufayli sogʻligimni tiklayapman.

– Nevaram Bunyodbek Kengashboyevning mazasi qochib qoldi, – deydi oʻzini Dilfuza Sobirova deb tanishtirgan onaxon. – Zamiraxonning qoʻli juda yengil, hozirgina koʻrib qoʻydilar. Baraka topsin, qoʻli dard koʻrmasin. Nevaramni Mangʻit shahriga olib borishga hojat qolmadi, ahvoli yaxshi.

QVP joylashgan binoga kirishingiz bilan bu yerda havasga loyiq mehnat intizomi asosida ish yuritayotgan jamoaga duch kelasiz. Tashqarida qahraton qish boʻlishiga qaramay, qulf urib oʻsayotgan xona gullari, nihoyatda ozoda, shinam va yorugʻ xonalar, bemorlar oʻtirib dam olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, QVP xodimlari xizmatidan mamnun aholi vakillarining minnatdor qiyofalari barcha-barchasida fidoyi, el sogʻligiga jonkuyar ayol – Zamira Saparovaning shifokorlik burchi va masʼuliyatini naqadar teran his qilishini anglash qiyin emas.

Uning ana shu fazilati bois, Qangli QVP 2014-yilda “Sogʻlom avlod yili” munosabati bilan oʻtkazilgan “Eng namunali qishloq vrachlik punkti” koʻrik-tanlovida Qoraqalpogʻiston Pespublikasida faxrli 1-oʻrinni egallab, 1-darajali Diplom bilan taqdirlandi. Mazkur koʻrik-tanlovning Oʻzbekiston Pespublikasi bosqichida esa maxsus Diplom va qimmatbaho sovgʻa bilan mukofotlandi.

Zamira Saparova uchun 2018-yil biri-biridan baxtli lahzalarni hadya etdi. Yaqinda u “Yil ayoli” milliy koʻrik-tanlovining Pespublika bosqichida “Yilning eng fidoyi shifokor ayoli” yoʻnalishi gʻolibi boʻldi.

– Bunday yutuqqa erishish uchun menga qoʻl-qanot boʻlgan hamkasblarimdan minnatdorman, – deydi u quvonch bilan. – Umumiy amaliyot shifokorlari Omonboy Ataboyev, Zebogul Xudoyorova, pantronaj hamshiralar Sayyora Pajabova, Zebogul Davlatboyeva, Pavshanoy Shukurullayeva, Sarvinoz Boltaboyevalarning katta tibbiy tajribalari, insoniy fazilatlaridan hamisha oʻzimga kuch olaman. Bundan ham muhimi, umr yoʻldoshim, umumiy amaliyot shifokori Shukurulla Sultonov menga har bir ishda yaqin maslakdosh, maslahatgoʻy.

Zamira Saparova nafaqat qangliliklarning oʻz qiziga, balki sevimli shifokoriga, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatidagi faolligi bilan esa xalq suyangan, ishongan fidoyi farzandiga aylandi. 29-Qangli saylov okrugi saylovchilarining hayotiga doir muammolarni ijobiy hal etish borasidagi xizmatlaridan xalq mamnun. Xususan, yangidan qurilayotgan xonadonlar hududidagi koʻchalarni tartibga keltirish, 74-sonli maktab oʻquvchilari uchun kompyuter sinflari tashkil etish, hududdagi MTMlarni muzlatgichlar bilan taʼminlash va taʼmirlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda mahalliy Kengashga deputat soʻrovlarini kiritish uchun yelib-yugurishlari oʻz natijasini berganidan xursand. Bu kabi xayrli tashvishlardan, ishdan horib-charchab oilasi bagʻriga qaytganida esa u obod va saranjom-sarishta oila bagʻrida sadoqatli umr yoʻldoshi, farzandlari bilan oʻzini hotirjam, baxtiyor his etadi.

– Quvonchim qoʻsha-qoʻsha, baxtliman! – deydi u samimiyat bilan. –Oʻgʻlim Elyorjon bilan qizim Elmira Nukus Davlat tibbiyot institutini tugatib, oʻz faoliyatlarini boshlashdi. Bu yogʻini soʻrasangiz, kelinim, aslida qizim Gulbonu ham shifokor, tuman DSENM da vrach-laborant boʻlib ishlaydi. Yaqinda ham momo, ham buvijon boʻldim. Elmiraxon ham, Elyorjon ham farzandli boʻlishdi.

Zamiraning baxtiyorligiga, oilasidagi oʻzbekona tutumlarga havas qildik. Oʻzi Qangli eliga kelin emas, qiz boʻlib qayishgan Zamiraxon bugun oʻz kelinini “qizim”, deb turishlarida, bu oila saltanatidagi oʻziga xos qadriyatlarda xalqimizning umumiy maʼnaviy qiyofasini koʻrgandek boʻldik.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

Mahmudjon Shomurodov olgan surat-lavhalar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026