QAYNOTANING KÖNGLI (Bölgan voqea)
Manzuraning eri ham, özi ham şifokor. Ikkalasi ham oliy toifali bölgaç, maoşlari yaxşi. Qaynotasi Muhammadjon ota “öz eling – oltin beşiging”, – deb mahallaning narigi çetidan yer maydoni olib, ularga imorat tiklab berdi. Öğil-qizlaridan tingan Muhammadjon ota bilan Gulsum ena faqat bitta soğin sigirni qoldirib, yangi imorat qurilişi uçun qöradagi sigir-u buzoqlarni, qöy-qözilarni sotib yuborişdi.
– Şu soğin sigirimiz omon bölsa, yana ikki-uç yilda qöramiz molga töladi, öşanda menga bitta “Matiz” degan maşina olib berasizlar, – hazillaşdi u bolalariga.
Ötgan yili hovli töy qilib Manzura kelin bilan Rustamboyning oilasini bölaklaşdi.
Rustamning eski “Jiguli“ maşinasi bor edi. Uylarida tuğilgan kun, bayramlarni nişonlaşganlarida Rustam ota-onasini maşinada olib kelar, yana uylariga eltib qöyardi. Çol-kampir bilan ukasi Bahromjonning ham öğil-qizlari kelişar, ularga özlarining farzandlari qöşilişib, rosa zavqlanişardi. Bolalarning dupur-dupur u xonadan-bu xonaga yugurib kirişlari, divan va kreslolar ustida umbaloq otib öynaşlari Manzuraga yoqmasdi. Ora-sira bolalar öynayotgan xonaga kirib tergab ham qöyardi.
Muhammadjon ota bir kelganida öğliga bank krediti asosida yangi maşina olişni, köplar şunday qilayotganini maslahat berdi.
– Sen ham şunday qil, ikkoving ham yaxşi maoş olasizlar, ziyon körmaysizlar, yangi maşinali bölib qolasizlar, men ham qarab turmayman, qaraşib yuboraman, bolam, – dedi ota çin dildan.
Otaning bu gapi maʼqul kelib Rustam yangi maşina oliş uçun kredit hujjatlarini rasmiylaştirdi. Navbati yetganida “Jiguli”ni sotib, boşlanğiç badalini töladi, yangi maşinali böldi.
– Köz tegmasin! – quvonişdi ota-onasi öğlining “Matiz” minib kelganidan. – Yaxşilikka, Xudo yöliga ehson qilib yubor, bolam, rözğoringga baraka beradi.
Bir haftalardan söng Rustam xotini bilan birga bozordan xarajat qildi. Kattagina kurka olişdi.
– Manzura, – dedi xotiniga, – keçqurun xudoyi oşini qilamiz, otamga qönğiroq qilib aytib qöy, men Nukusga, majlisga ketayapman.
Manzura indamadi. Keçqurungi böladigan marosimga tayyorgarlik köra boşladi. Dasturxonga ovqat tortiladigan paytda Rustam ham yetib keldi. Qöni-qöşnilar orasida ota-onasi körinmadi. Negadir köngli xijil bölib oşxonaga, xotinining oldiga çiqdi:
– Manzura, – dedi u xavotirlanib, – otamlar soğ-omonmikan, hali kelişmabdi-ku?
Manzura qölidagi kafgirni qozon çetiga ohista urib qöydi. Xuddi qaynota-qaynonasi kelişi şart emasday, bamaylixotir:
– Ular kelişmasa, maʼraka ötmaydimi? – dedi kinoya bilan. – Sal labingiz qimirlab, “keling”, desangiz, “komanda” tuzib kelişadi, bezor bölib ketdim.
– Manzura! – xotinining bu gapidan ham hayron bölgan, ham jahli çiqqan Rustam unga qanday qöl kötarganini sezmay qoldi. Yuziga kelib tuşgan tarsaki zarbidan çayqalib ketgan Manzura arang oşxona devoriga suyanib qoldi.
Opasining kinoya-kesatiqli gaplarini aniq-tiniq eşitib, oşxona ostonasida serrayib turib qolgan qaynsinglisi Gulnora lom-mim demadi.
– Ota-onam kelmaguniça, dasturxonga ovqat tortmaysan, – boşqalar eşitib qolişidan xavotirlangan Rustam ovozini pasaytirib tayinladi xotiniga. – Ularni özim borib olib kelaman!
– Ovora bölma, bolam, bizlar keldik.
Rustam otasining ovozini eşitib, orqasiga ögirildi.
– Bizlarga aytişing şart emas, bolam, eşitsak, kelaveramiz. Faqat janjallaşmanglar, – Muhammadjon otaning ovozi özining ovoziga öxşamas, siniq edi.
Rustam otasining ortidan ayvonga ötdi. “Qutluğ bölsin” lab turgan qöni-qöşnilar safida köksiga qölini qöyib, minnatdorçilik bildirayotgan otasi köziga ança çökib qolganday tuyuldi. Aftidan, otasi xotinining kesatiqlarini eşitgan-u sir boy bermay, oşxona ostonasida, qaynsinglisining panasida turgani uçun Rustam sezmagan edi.
Şu kuni ota-onasi ketar çoğida uzundan-uzoq duo qilişdi, söng:
– Kelin, – dedi Muhammadjon ota hamon siniq ovozda, – insonni mehr ulğaytiradi. Örtada mehr bölmasa, köngil ham, yöllar ham juda olislab ketadi. Tez-tez yöqlab turinglar, bizlar endi qaridik. – Söng vaziyatni yumşatiş uçunmi yo Manzura kelinga ögit örnidami, qöşib qöydi, – Sizlar “komanda bölib” borganingiz sari biz yoşaramiz...
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶