22.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
22.11.2026, 02:04
Maqolalar 👁 945

Hayoti ertaklarga köçgan xalq fidoyisi

Hayoti ertaklarga köçgan xalq fidoyisi

Gurunglari odamning joni böladigan kişilar köp. Şundaylarning biri, yaqin tanişim Jangaboy aka Rajabovga qönğiroq qilib:

– Jangaka, Tölqindagi Bekbergan Yeşmurodov deganni taniysiz-a? – dedim.

– Ha, albatta, u kişini “Bekaş dev” desangiz, Qipçoq, Manğitda tanimaydigan odam kam. “Boğonali” mahallasidan. Tölqinlik injener deydilar u kişini, – dedi.

– Bölmasa, aka, bir gurunglaşib kelaylik şu inson bilan.

– Böpti, sizlar dil qulfining kaliti bölasizlar, men suhbatning “ötyoqari”, – dedi hamişagiday quvnoq hazillari bilan Jangaboy aka. Telefonda Bekbergan akaning qulay paytini belgilab, bordik.

– Heç qanday tutum qilib yurmang, 10-15 daqiqa suhbatlaşamiz, tasvirga olamiz, böldi, – dedik.

– Kelgunça öz erkingizda edingiz, mehmonlar, endi bizning ixtiyorimizdasiz, – dedi mezbon bir-bir quçoq oçib körişar ekan.

– Mezbonlardan biri mehmondan şörva qilaylikmi, palovmi, deb söraganida mehmon: “qozoningiz bittaginami?” degan ekan, – deb Jangaboy aka hammani kuldirdi.

– Xöp, suhbatni nimadan boşlasak ekan?

– Abdulla Qahhorning “Ötmişdan ertaklar”ini bilasiz-a?

– Ha, öqiganman. Ajoyib kitob.

– Siz ham ötmiş ertaklaridan boşlayvering. 1952-yilgi daryo toşqinidan boşlang, – dedi Jangaboy aka.

– “Dev”lar Sizga ertak, bizga çin, – gap boşladi Bekaş aka. – Men 1936-yil Qipçoq elatining “Boğonali” mahallasida, tuğilganman. Bobom Davlatmurod “dev”ni eslayman. Soqolli, savlatli odam edi. Aka-uka Yeşmurod, Yeşjon, Dösjon, Bekjon “dev”lar – hammasi oilasi bilan bir hovlida yaşardilar. Katta dolonda yer öçoqqa doşqozon osilar, barçasi bir qozondan taomlanar edi. Onamni ham Şukur “dev”, der edilar (“dev”larning kelini ham “dev” böladi-da). U juda ğayratli, öktam ayol edi. Öttizdan ortiq jonga ovqat pişirar, kiçigi Begjon “dev” öt yoqar, kattalar yoğoç tovoqda bir tovoq-bir tovoq yormani içib qöyar edi.

Onamning aytişiça, keyinçalik Dösjon adliya sohasida işlagan. Yeşjon frontga borgan, “ZiS - 355” maşinasini haydab Ikkinçi jahon uruşiga jönab ketganiça bedarak yöqolgan.

Begjon duradgor, otam Yeşmurod kolxozçi bölgan. Onam töqqiz farzand körgan, sakkiz nafar bolasi turli kasalliklardan vafot etgan. Mening ismimni Berkbergan (mahkam, mustahkam qilib bergan maʼnosini anglatadi) qöyganlarining sababi - ölmasin, mahkam bölib yaşasin, deb tilaganlar, keyinçalik Bekbergan tarzida yozilib ketgan. Maktabga borgunimça meni odamlarga körsatavermasdan (köz tegadi degan irimda) yurganlar. 4-sinfdaligimda otam vafot etdi. Onam ikkimiz qoldik. Onam tongda işga ketar, şomda kelardi. Men maktabdan kelib mol boqardim. 13-14 yoşlarimda çöt qoqib, hisob-kitobni bilganim uçun uyimiz yonidagi idoraga çaqirişdi. Hisob-kitob yuritib, maʼlumot (svodka) olardim, Qipçoqqa borib, har kungi maʼlumotni topşirardim. Onamga bir yarim, menga yarim mehnat kuni haqiga buğdoy, jöxori berişardi. Onam bir amallab sigirlarni ikkita qildi. Soğib, sutini pişirib: “bolam, sut sovigaç, közalarga ivitib qöy”, deb işga ketardi. Şomda kelib piyozli patrak nonni otaşkurak ustiga qöyib, baʼzan tovaga solib pişirar edi, men turib qaymoq bilan yeb olardim va maktabga ketardim. Oşqozonimiz ham oğrimasdi.

Kenja aka degan kolxoz raisi töy berdi. Qurda ötirgan odamlarga ovqat tortildi. Şunda katta-katta yigitlar tovoq tortib yurgan odamlarning qölidan tovoqni tortib olganlarini, tovoq qayerga tortilsa, odamlar qurni buzib, öşa yerga, tovoq tortganlarning izidan yurganlarini öz közim bilan körganman. Hozirgi möl-kölçilikni isrofgarçilikka aylantiriş katta gunoh.

Loydan qilingan poydevor ustiga tol taxtalari qölda yorilib, tizib çiqilgan uyimizda beş xona bölib, ayvon örtasiga öt yoqib isitardik. Tepada tuynuk bölib, xoda bilan itarib tuynukni oçardik. Tutun çiqib bölgaç, xodani tortib, tuynukni yopardik. Çöğga yaqinroq joyga somon töşab, usti-boşimiz bilan goh u yon, goh bu yon ağanab yotamiz, somon ham 4-5 kunda qotib qoladi, yangilaymiz, çipta töşaymiz, şu tarzda qişdan çiqamiz. Hozirgiday köp xonadonlardagi tabiiy gaz, eşigimiz oldiga kelib turgan kömir qayoqda?

1952-yili Nazarxon ovulini suv (toşqin) oldi. Suv toşqinida aziyat çekkan aholiga yordam beriş uçun Nazarxon ovuliga 300 nafar kişi jönatildi. Men onamning örniga boradigan böldim. Uylar, çerdaklar suv tagida qolgan, odam bölsa, qutqarişimiz kerak. Odam yöq, tovuqlar, itlar, mollar bor edi. Tizzadan suv keçib borgan bölsak, qaytgunimizça tomoğimizga keladigan bölibdi. Kiyimimizni boşimizga kötarib keçasi bilan suv keçib, tongda qumga çiqdik. Hammamiz tappa-tappa taşlab, tuşgaça uxlab qolibmiz. Öşa paytdagi rayijroqöm raisi Sulton Töramurodov bizlarni maşinalarga mindirib, uyimizga jönatdi. Ana şunda maşina haydaşga havasim tuşgan ekan. Kolxozdagi maşina haydovçilaridan biriga şogird bölib işga kirdim. Gaz-P, ZiS-355, ZiL-150, Gaz-69 – şu zamondagi barça rusumdagi maşinalarni haydaganman.

– Kezdim, armonim qolmadi, desangiz-a, – deydi Jangaboy aka.

– Motorli elektr stantsiya bilan ovulimizni yoritişda xizmatlarim bor. Sirtdan Nukus qişloq xöjalik texnikumida öqidim. Bitkazib, 1968-yildan nazoratçi-mexanik, ustaxona mudiri vazifalarida işladim.

1975-1996-yillarda boş muhandis lavozimida işlab, nafaqaga çiqdim.

– Rosa paxtazorda javlon uribsiz-da.

– Paxta, çorva, yöl qurilişida, kolxozdagi barça qurilişlarda biz ham bormiz.

–“Amudaryo haqiqati” gazetasining 2006-yilgi sonlaridan birida Qobul Şomurodovning lavhasida: “Texnika potentsiali jihatdan tumanimizda heç bir paxtaçilik xöjaligi sobiq “Kommunizm” kolxozi (hozirgi “Tölqin” MMTP) bilan bahslaşa olmaydi”, – degan jumla bor. Sizning xizmatlaringiz alohida taʼkidlangan.

– Töğri. Rahmat-e ukalar, qanday zör odamlar bilan işlaşdik-a. Çötboy Usmonov, Raim Vaisov, Jölliboy Soğinboyev, Majid Matnazarov, Xolboy Boltaboyev, Kim Mark – bularning işlarini qahramonlik, deb baholasa bölar...

– Ustoz-şogirdlar haqida ham gapirsangiz – deydi gurungni iştiyoq bilan tinglarkan Ahmad Nafas.

– Mendan oldin rul tutgan, temir uşlaganlarning barini ustoz deb bilaman. Ularning köpçiligi boqiy dunyoda, oxiratlari obod bölsin! Şogirdlarim ham juda köp. Xitoyda Abdulla polvon Örozimbetov, Tilovboy Xudoyberganov, Quvondiq Ğaniyevlar bilan bir davrda işladik. Hozirgi Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov ham öz faoliyatini sobiq Manğit sovxozida muhandislikdan boşlagan şogirdlarimdan.

Turkmanistonning Köhna Urganç, Toşhovuz, Böldimsoz tumanlarida, Xorazmning köp tumanlarida hamkasb şogirdlar bilan qalin aloqada bölib, tajriba almaşib, ehtiyot qismlar oliş-beriş qilib turardik. Hozir ham köplari bilan bordi-keldi qilamiz.

– Hukumat tomonidan ham xizmatlaringiz baholangan bölsa kerak...

– Albatta, Xudoga şukur. Maşinada paxta terayotganimizda Şarof Raşidov, Qallibek Kamolovlar kelib, toza terganimiz uçun rahmat aytişgan! 1972-yilda “Mehnat Qizil Bayroq” ordeni, 1990-yilda “Mehnat faxriysi”, 1993-yilda “Xizmat körsatgan kolxozçi” kökrak nişoni, bir neça faxriy yorliqlar “Ural” rusumli mototsikl, “Moskviç” avtomaşinasi bilan mukofotlandim. Lekin bizlar mukofot olamiz, deb öylamasdik. Biz şu işni vaqtida bajarişimiz kerak deb, yelib-yuguraverardik. Minnat neligini bilmasdik.

– Kiçik “dev”lar qalay, ular ham sizdek mehnatsevarmi? – hazil ila luqma taşlaydi “ötyoqar”imiz.

– Xudoga beadad şukurlar bölsin! Rafiqam Enajon (ruhi şod bölgay) bilan birga 5 qiz, 4 öğil farzand östirdik, 21 nevara, 20 çevaramiz bor. Oilada onaning örni bölakça. Ayolim vafotidan söng uylandim.

Rafiqam Malikani farzandlarim hurmat qiladi, “ena-ena”, deb parvona bölişadi. Tönğiç qizim Tölğonoy va Zulfiya, öğlim Baxtiyorlar qarilik nafaqasiga çiqdilar.

– “Dev” degan laqabni qanday olgansiz? – deydi qiziqib Ahmad Nafas.

– “Boğonali”, “Tuyoqli”, “Bosuv”, “1-Toma”, “2-Toma”, “Agronom” kabi ovullarda hökiz arava, ot arava, eşak aravalarda dalalarga nombar (göngli tuproq) çiqarişgan. Yeşmurod “dev”ning otasi – katta bobomiz nombar töla hökiz aravani 4-5 kişi aylantirolmay turganida bahslaşib, bir özi aylantirib qöygan ekan. Şundan söng “dev” laqabini olgan.

– Siz ham “dev”lik qilganmisiz?

– Men ham jöralarimning qistovi bilan qurli töyda kuraşga çiqqanman. Xöjaylidan kelgan atoqli polvonni yiqitganimda kadxudo mukofotga bir qöy bersa, töyning sozandalari, Hayitboy masxaraboz, Çovdir doirakaş, Murod surnayçi, Hayitboy surnayçilar ham bir qöy olib bergan. Mahalladoşlar, tengqur jöralar rosa ziyofat qilganmiz. Şu sabab meni ham “dev” deyişgan.

Bundan taşqari, paxta qurtiga qarşi va defoliatsiya davrida samolyotlar bilan dori sepilardi. Biz esa qölda böyonni çelakka botirib dori separdik. Ukrainadan kelib samolyotda dori sepadigan uçuvçilar: “hali ham tirikmisizlar?” – deb hazillaşardilar. Şunga qaraganda biz “odam dev”lar ertaklardagi devlardan ham qoruvli bölgan ekanmiz-da!

Bekbergan oğaning hikoyalari haqiqatan ham bugungi davr yoşlari uçun ertak edi.

– Bugungi özgarişlarni biz tuşimizda ham körmas edik, –deydi u zavqlanib. – Klubga yiğilib ovozsiz, ovozli kinolarni körib, angrayib ötirardik. Hozir esa mana bu qöl telefonida dunyoning u çetini ham bemalol köraverişadi, öqiyman, işlayman, deganning zamoni keldi hozir. Puli yetmay turganga kredit bersa, özimizda öqiysanmi, çet eldami – marhamat, deb tursa, bunday xalqiga ğamxör davlat qayerda bölgan? Buning qadriga yetişimiz, şukur qilişimiz kerak. “Kiçik dev”larga (nevara-çevaralarini nazarda tutmoqda) har nafas aytadiganimiz şu.

– Qani, endi ular bilan ham salomlaşaylik, kiçik “dev”lar ham kelsin...

Bekbergan akaning öğil-qizlari, nevara-çevaralari zalni tölğazişdi.

– Hali köplari kelmadi, bori bilan salomlaşib qöyaverasizlarda.

Bekbergan aka va Malika onaning farzandlariga Jangaboy aka savol yöllaydi.

– Kimsizlar?

– “Dev”larmiz! – bir ovozdan javob berişdi.

– Baxtiyor, Tölğonoy, Zulfiya, Bahodir, Zulxumor, Bahrom (joyi jannatda bölgay), Şarofat, Ikrom, Gulistonlarning öğil-qizlari, nevaralarining, kuyovlar-u kelinlarimizning tuğilgan kunlarini nişonlayversak, yarim yil bayram bilan ötadi bizda, Xudoga şukur!, – deydi Bekaş aka.

– Sizni yoşday köringaningizga ota demay, aka deb ataymiz, – deydi Ahmad Nafas.

– Bu yil yozda otamning Ming oylik töyini nişonlaymiz, Xudo xohlasa, ana şunda kelib ota deb ataysizlar-da! – deydi jarangdor ovozda şöx nevaralaridan biri.

– Hammamizni omon-eson yetkazsin öşa kunga! Şunday tilak bilan xayrlaşarkanmiz, elimizda qançalik köp oddiy, lekin uluğ insonlar umr keçiradilar-a, deymiz bir-birimizga.

Bunday fidoyiliklar Bekbergan aka va oilasining emas, butun xalqimizning tarixida bor-ku, ular haqida qança yozsak ham oz, degan faxr tuyğulari keçadi dilimizdan.

Tursunboy ABDULLAYeV, taʼlim faxriysi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026