Juft quşlarning oltin ayyomi
Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, ustozimiz Saʼdulla aka Xöjaniyozovning butun hayoti, agar taʼbir joiz bölsa, tumanda maʼnaviy-maʼrifiy sohani rivojlantiriş, yoş avlodni kelajakka işonç ruhida tarbiyalaş, xalqni yangi marralar sari ruhlantiriş, ijtimoiy-madaniy hamda iqtisodiy muammolarni hal etişda özining dadil fikri, ötkir jurnalistik faoliyati bilan boğliq vazifani sabr-toqat va qanoat ila ado etişdek fidoyi mehnat onlarida keçdi. 1967-yilda ilk jurnalistlik faoliyatini “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot közgusi”) gazetasida oddiy muxbirlikdan boşlagan Saʼdulla aka Xöjaniyozov, 40-yildan ziyod hayotini gazeta tahririyati bilan boğladi va tuman matuboti sohasida öz ijod maktabini yarata oldi.
Xalqimizda “qanot juft böladi”, degan hikmat bor. Otaxon jurnalist umr yöldoşi, matbuot fidoyisi Yangiljon opa Hamroyeva bilan turmuş qurganlarida nafaqat uning qanotlari juft böldi, balki hayot quvonçlari va taşvişlarini birgalikda kötaruvçi kiftlari ham juft böldi. Ikki ijodkor juft quşlar kabi parvoz qildilar.
Oila deb atalmiş mehr-muhabbat saltanatini qurganlarida, bu oila saltanatida öziga xos muqaddas qadriyat va tutumlar asosida biri-biridan oqibatli farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazganlarida özlari hayotda hamişa amal qilib yaşagan sabr-toqat va qanoatning şirin mevalarini terdilar. El-yurtga kamarbasta tadbirkor farzandlari Zafarjon, Şarofjon, Abdullajon, köplab yoşlarning ustozi Hulkaroy va Inobatxon, Irodaxonlar, biri-biridan öqimişli, şoirtabiat, intiluvçan nevaralari, qolaversa, el-yurt eʼzozi bilan bugun nuroniy yoşga yetgan otaxon jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozov va matbuot fidoyisi Yangiljon Hamroyevalarning oila saltanati yanada nurafşon, mehr-oqibat gulşaniga aylangan.
Bu ikki fidoyi inson turmuş qurganlariga bugun 50-yil töldi. 50-yil! Sabr-toqat, qanoat va mehr-muhabbatning oltin ayyomi. Özaro hurmat, eʼtibor, özbekona tutumlarning qadri baland tutilgani, umr deb atalmiş ser-zahmat yölning eng çaroğon manzili bu! Bu manzilga yetgunga qadar hayot osmonida hamişa juftlaşib parvoz qilgan quşlar kabi oldinga, kelajakka intilib yaşagan fidoyi insonlar – aziz va muhtaram ustoz Saʼdulla aka Xöjaniyozovni va Yangiljon opa Hamroyevani turmuş qurganlarining eʼzoz va ehtiromga munosib oltin ayyomi – 50 yilligi bilan çin dildan tarbiklaymiz. Yana uzoq yillar qöş qanot bölib parvoz qilmoq, ijodiy faoliyat yuritmoq nasib etsin, deymiz!
“Ming bir fard”ni tuzib, xalqqa ulaşgan,
Haqiqat yölida tolmagan sira.
Juft uçgan quşlarday ahil, juftlaşgan,
Köngil oşyonlari gözal, bokira.
“Hayot hadyalari” boşlarida toj,
Farzandlar mehridan obod oila.
Bu umr taxtiga eng munosib boj –
Vafo-yu sadoqat – oltin qoida.
Şunçalar mehribon bobo va momo,
Xonadonning asl fariştalari.
Umringiz kuzagin körmangiz aslo,
Oila qörğonin baxt riştalari.
Ustoz, Sizga hamroz Yangiljon momo,
Umringiz taxtini yasatib bergan.
Bugun bölsangiz-da nuroniy bobo,
Hamon sadoqatda egilib turgan.
Mehringiz taftidan bahra olib el,
Yana davron suring Ustoz, ellik yil!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶