BUYuK SARKARDA, ŞOH VA ŞOIR
Mirzo Bobur otasi Umar-şayx Mirzo vafot etganida atigi 12 yoşda edi. Bobur bobosi Amir Temur tuzgan buyuk davlatni qayta birlaştiriş, Samarqand şahrini işğol qiliş uçun bir neça bor urindi. Ammo tobora kuçayib borayotgan içki nizolar, muvaffaqiyatsizliklar tufayli barça urinişlari zoye ketdi. Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam, markazlaşgan davlat tuzişdan iborat edi. Bu maqsadi özi tuğilib-ösgan yurtda – Movarounnahrda emas, juda olis yurt – Hindistonda amalga oşdi. Bobur bu holatdan doimo iztirobda bölganligini asarlarida yorqin tarzda aks ettirgan:
Tolʼe yöği jonimğa baloliğ böldi,
Har işniki ayladim xatoliğ böldi.
Öz yerni qöyib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qaroliğ böldi.
Boburdan bizga uning devonlari, “Boburnoma” memuar asari, ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-taʼlimiy ruhdagi asarlaridan iborat boy maʼnaviy meros qoldi. U musulmon axloqiga oid “Mubayyin” nomli masnaviyni yaratdi.
Podşohlikni Humoyun Mirzoga topşirgan Bobur 1530-yilda 26-dekabrda, 47 yoşida, özi asos solgan uluğ saltanat – Hindistonning Agra şahrida vafot etdi va öşa yerga dafn etildi. Keyinçalik 1530-yil buyuk Bobur vasiyatiga muvofiq uning hoki Kobulga keltirilib, özi bunyod ettirgan “Boği Bobur”ga qöyildi.
Özbekiston mustaqillikka erişgaç, şoh va şoir Bobur Mirzo öz yurtida haqiqiy qadr-qimmatini topdi. Andijon şahrida Bobur nomidagi Universitet, teatr, kutubxona, milliy boğ – “Boği Bobur” bor.
Bobur milliy boği majmuasida Bobur va jahon madaniyati muzeyi taşkil etilgan. Şahar markazida va Bobur boğidagi yodgorlik majmuida şoirga haykal örnatilgan. Andijon şahridagi markaziy köçalardan biriga, şuningdek, Toşkentdagi istirohat boği va bir köçaga, Andijon viloyatining Xonobod şahridagi istirohat boğiga Bobur nomi berilgan. Özbekiston fanlar Akademiyasining Bobur nomidagi kökrak nişoni taʼsis etilgan.
Maşhur hind davlat va jamoat arbobi Javoharlal Neru: “Bobur dilbar şaxs, uyğoniş davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor inson bölgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olişni yaxşi körardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bölib, köp yaxşi fazilatlarga ega bölgan”, – mazmundagi fikrini yozib qoldirgan.
Men buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining muxlisi sifatida şoir ğazallari va masnaviylaridan ruhiy quvvat olaman. Istardimki, har bir öquv muassasasida Z.M.Bobur ijodiga bağişlangan adabiy keçalar yil davomida ötkazilsa, albatta, buyuk bobokalonimizning buyuk maʼnaviy merosi har bir qalbda ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlab, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişga xizmat qilardi.
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶