Afğon uruşida iştirok etgan sobiq quroldoşlar uçraşdi
Bundan roppa rosa 30-yil muqaddam, yaʼni 1989-yilning 15-fevral kuni sobiq sovet ittifoqining afğon tuproğidagi maqsadsiz missiyasi yakuniga yetib, ittifoq qöşinlari bu yurtdan butunlay olib çiqib ketilgan edi.
Uşbu voqeaga 30-yil tölişi munosabati bilan 15-fevral kuni tuman faxriy askarlar uyuşmasining Ijtimoiy ximoya markazi taşabbusi bilan tadbir ötkazildi.
Sobiq quroldoş döstlar dastlab Manğit şahridagi Xotira boğiga yiğilib, mangu yoniq olov poyiga gulçambar qöyişdi.
Marosimda taʼkidlanganidek, Sobiq Ittifoq bu uruşda 15 ming harbiysini yöqotdi. Rasmiy maʼlumotlarga köra, 1979-1989-yillar mobaynida Afğonistondagi harbiy harakatlarda Özbekistondan 65 ming harbiy iştirok etgan, ulardan 1512 nafari halok bölib, 2 yarim mingga yaqin askarlar va zobitlar Vatanga nogiron bölib qaytgan.
Söngra tuman hokimligi tomonidan sobiq jangçilar şarafiga dasturxon yozildi. Tumanimizda faoliyat körsatayotgan faxriy askarlar uyuşmasining «Ijtimoiy himoya markazi» bilan hamkorlikda taşkil qilingan uşbu uçraşuvda sobiq quroldoş döstlar diydorlaşdilar.
Tadbirda söz olganlar tinçlik-osoyiştalik, bunyodkorlik, ahillik, bağrikenglik, mehr-oqibat hukm surayotgan bu yurtda yaşayotganimiz uçun Yaratganga şukrona keltirişimiz kerak, deya taʼkidlaşdi. Uruşning dahşatini unda iştirok etganlar biladi. Va eng yomoni, uruşda qatnaşgan bitta askar ortida uning oilasi, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari turganini inobatga olsak, bu butun jamiyat uçun oğir musibat ekani ayon böladi. Şu sababli ham xalqimizda tinçlik – eng bebaho neʼmat degan ibora bor.
Tadbirda tuman madaniyat bölimining sanʼatkorlari tomonidan tinçlik va ezgulikni tarannum qiluvçi kuy-qöşiqlar ijro qilindi.
Şu kuni sobiq quroldoşlar faxriy askarlar uyuşmasining ijtimoiy himoya markazlariga bir paytlar aʼzo bölgan, ayni paytda olamdan ötgan marhum jangçilarning ham xonadonlariga taşrif buyurib, ularning oila aʼzolari holidan xabar olişdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶