25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:22
Jamiyat 👁 846

IMOM-XATIB: OILA MUSTAHKAM BOʻLIShI UChUN NIMA QILISh KEPAK?

IMOM-XATIB: OILA MUSTAHKAM BOʻLIShI UChUN NIMA QILISh KEPAK?

Islom dinida oilaga katta eʼtibor berilib, uni qanday tashkil etish, uning boshligʻi kim boʻlishi, aʼzolarining xuquq va burchlari, farzandlar tarbiyasi, umuman, oilaviy hayotning barcha masalalari atroflicha oʻrganib chiqilgan va kerakli koʻrsatmalar berilgan.

Oila qurish er bilan xotinning dinimiz hukmlari asosida doʻstlik, mehr- oqibat, xurmat, muhabbat, kechirimlilik, samimiylik kabi insoniy fazilatlar bilan hayot kechirishga ahdlashuvidir.

Qurʼoni karimda nikoh va oila haqida 50 ortiq oyat bor. Pasululloh (s.a.v)ning hadisi shariflari bitilgan kitoblarda nikoh toʻgʻrisidagi hadislar alohida boʻlimlarni tashkil qiladi.

Ming afsus, keyingi paytda oilani asrab-avaylash oʻrniga, dunyoning arzimas sabablari tufayli oilaviy ajrimlar koʻpayib borayotgani achinarli hol. Nikohni uzrsiz ajrimga olib keluvchi erkak va ayol Alloh taoloning buyrugʻini va Pasululloh (s.a.v)ning sunnatlarini ijro qilmagan kishi sanaladi.

Oilaviy munosabatlarning asosiy talablaridan biri oila qurgan har bir insonning jufti bilan inoqlik va mehribonlikda umr kechirishidir. Demak, hayotda oilaning bardavomligi  birinchi navbatda er-xotinning oʻzaro totuv yashashi, bir-birining yaxshi yomon jihatlarini koʻtarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch-totuvlikni barpo etishlari bilan taʼminlanadi.

Pasululloh (s.a.v): «Sizlarning yaxshilaringiz ahli ayoliga yaxshi muomalada boʻlganlaringizdir. Men hammangizdan koʻra ahli ayoliga yaxshiroq muomala qiluvchingizman»-dedilar.

 Oilani boshqarish jarayonida erkak kishining eng murakkab masʼuliyatlaridan biri, barcha qoʻl ostidagilar, yaʼni xotini, farzandlarining moddiy va maʼnaviy taʼminotchisi boʻlishi bilan birga oila tinch-totuvligini saqlashdir.

Nikoh aloqasi bogʻlangandan keyin erkaklar zimmasiga masʼuliyatlar yuklangani kabi, ayollarga ham bir necha vazifalar yuklanadi. Kundalik hayotda kelinlardan oila aʼzolariga goʻzal muomalada boʻlish, oiladagi tartib-intizomga rioya qilish, oila aʼzolarining munosabatlarini tushunishga harakat qilish, qaynota-qaynonani  hurmat kilib, ularning hohish-irodasiga qarshi bormaslik, oilaning boshqa aʼzolari bilan munosabat-muomalada chidamli, kechirimli, shirinsoʻz boʻlish talab etiladi.

Oilaviy turmush bejizga “umr savdosi” deyilmagan. Bu savdo sotuvchi va oluvchining roziligi asosiga qurilsagina, ikki tarafga baravar foyda beradi. Yo sotuvchi faqat oʻz foydasini koʻzlab, xaridor haqida oʻylamasa yoki aksincha boʻlsa, bu savdoning umri qisqa boʻladi. Oila hayotida ham er xotin “halol savdo” qilishsagina turmushlari fayzli, hayotlari farogʻatli kechadi.

Ayniqsa hozirgi paytda molparastlik, boylikka ruju qoʻyish, kimoʻzarga dunyosini koʻz-koʻz qilish xalqimizga qimmatga tushayapti. Qancha oilalar arzimas matohlar  deb boshlangan janjallardan parokanda boʻlayapti.

Oila hayoti hech qachon faqat shodu xurramlik, baxt-saodatdan iborat boʻlmaydi. Turmushda ixtilof va tashvishlar, qiyinchilik va yetishmovchiliklar, musibat va gʻam-anduhlar keragicha uchraydi. Er-xotin birgalashib kurashsagina ularni yengish oson kechadi, oila xotirjamligi barqaror boʻladi. Agar bunday paytlarda murosa buzilsa, oʻzaro samimiyat chekinsa, birining tashvishiga ikkinchisi tomoshabin boʻlib tursa, bu oilada totuvlik boʻlishi amri mahol.

Farzandining baxtli-taxtli boʻlib ketishini chin dildan istagan qaynonalar kelinini oʻz qizlari oʻrnida koʻrib, uning yangi oilaga koʻnikib ketishida chin onadek yordam beradilar. Buning uchun kelin ham qaynona izmiga yurishi kerak. Qaynona bagʻrikenglik, kattalarga yarashiqli mulohazakorlik bilan kelinni yoʻlga solish kerak.

Mehribon, irodali onalar yangi kelin bilan munosabatda oʻzi yangi oila qurgan davrda duch kelgan muammolar yechimini namuna tarikasida farzandlariga takdim kiladi, oʻzlari hayotlarida uchragan qiyinchiliklarni farzandlariga ravo koʻrmaydilar va shuning uchun achchik va alamli holatlarning oldini olish choralarini koʻradilar. Kelinning oila aʼzolari bilan qarindoshlik aloqalarini mustaxkamlaydilar. Zero, qaynota-qaynonasining ota-onasiga samimiy hurmatini koʻrgani sayin kelinning yangi xonadonga mehri ortib boradi.

Kechirimli boʻlish fazilatdir. Kishilar bir-birlarining nuqson- kamchiliklarini kechirishlari bilan koʻp muammolar oʻz yechimini topadi. Oilada ham, jamiyatda ham kishilarning kamchilik va nuqsonlarini kechira bilish alohida ahamiyatga ega. Xato qilmaydigan odam yoʻq. Oilaning har bir aʼzosi ham oʻzi bilib bilmagan holda xato qilishi mumkin. Buning oqibatida xato qiluvchining oʻzi yoki oʻzgalar zarar koʻradilar. Zarar koʻrganlar aybdorga nisbatan alamzada boʻlishi tabiiy xol. Hindlarda: «Yaxshiliklar ichidan yomonlikni topish emas, balki yomonliklar orasidan yaxshilikni topa bilish fazilatdir», degan maqol bor. Oila ahli bir-birining yaxshi tamonlarini tan olib, qadrlab, hurmatlasa, xatolarini kechirish oson boʻladi.

 

A.Matsapoyev, Yusuf eshon bobo jomeʼ masjidi imom xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026