Xotin-qizlar qömitasi joylardagi boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini kuçaytirmoqda
Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini hamda işlovçi xotin-qizlarning davlat va jamoat taşkilotlarida olib borayotgan mehnati samaradorligini oşirişda boşlanğiç xotin-qizlar taşkilotlarining örni muhim ahamiyatga ega. Çunki xotin-qizlar özlari mehnat qiladigan jamoa hayotiga kundalik iş jarayonlarida faol aralaşibgina qolmay, mehnat jamoasiga, xususan ayol-qizlar hayotiga oid muammolarning yeçimlarini topişga hamjihatlikda harakat qiladilar.
Yaqinda tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil etilgan “Taʼlim muassasalarida faoliyati samarali yölga qöyilgan boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti” mavzusidagi amaliy öquv-seminarida boşlanğiç xotin-qizlar taşkilotlarining faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça galdagi vazifalar belgilab olindi.
Amaliy öquv-seminar maşğuloti iştirokçilari 40-sonli maktab boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti raisi Sayyora Tilavovaning iş faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Tanişuv jarayonida boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti aʼzolari tomonidan amalga oşirilayotgan barça işlar aniq rejaga asoslanganligi körgazmali vositalar orqali namoyiş etildi. Xususan, har bir ayol-qizning kunlik iş rejasini qay darajada va qanday bajarişi, har bir iş uçun ajratiladigan vaqt, şuningdek, taʼlim muassasasi xotin-qizlar boşlanğiç taşkiloti – maktab – oila – öquvçi hamkorligiga doimiy amal qilişning ijobiy ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Amaliy öquv-seminari maşğulotlari ikkita sektsiyada olib borildi. Unga köra, 1-sektsiya maşğulotlari “Hayotimizda rejalaştirişning muhimligi” deb nomlandi. Bunda tumanimizdagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan boşlanğiç xotin-qizlar taşkilotlari rahbarlari va 35 yoşgaça bölgan ayol-qizlar uçun öz oilalarida soğlom maʼnaviy muhitni şakllantirişga amaliy yordam beriş maqsadida kunlik va xaftalik rejalarning ahamiyati, oila aʼzolarining har birining şaxsiy rejasini oila turmuş tarzidan kelib çiqib moslaştirişning muhimligi hayotiy misollar asosida maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça maktab direktori örinbosari Sayyora Jumamurodova tomonidan qiziqarli tarzda körsatib berildi. Qayd etiş kerakki, köpinça rejalarimizning turmuş tarzimizga mos kelmasligi oqibatida muammolar kelib çiqadi. Amaliy öquv-seminarida şaxsiy rejaning hayotdagi ahamiyati iştirokçilar tomonidan qizğin muhokama etildi.
Amaliy öquv-seminarning ikkinçi maşğuloti 9-10-11-sinflar öquvçi-qizlari uçun “Kelajak hayotingizni hozirdan rejalaştiring” deb nomlandi. Uşbu maşğulotni boşlanğiç taşkilot aʼzosi Zamira Xudoyberganova juda qiziqarli, ilmiy-nazariy tavsiyalar, hayotiy misollar tarzida olib bordi.
Şuningdek, öquv-seminarida 40-sonli maktab, boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti rahbari Sayyora Tilavovaning 2018-yilda amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisoboti ham tinglandi. Hisobot böyiça fikrlar bildirilib, taşkilot aʼzolari tomonidan yangi 2019-yilda bajariladigan işlar rejasi tasdiqlandi.
P.Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶