22.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
22.11.2026, 02:49
Maqolalar 👁 1,066

Nuroniylar – xonadonimiz fayzi

Nuroniylar – xonadonimiz fayzi

Nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribalari, ular aytgan pand-nasihatlar, har bir ögiti töğri yöl tanlaşda doim tayanç böladi. Piru-badavlat keksalar, ayniqsa, oilaviy anʼana hamda qadriyatlarning bardavomligiga alohida eʼtibor bilan qaraydilar. Qaysiki xonadonda nuroniylar yaşasa, öşa uy hamişa çaroğon, fayzli böladi.

Faxriy öqituvçilar Sobir ota Safarboyev hamda Gulora opa Eşimbetovalar umri davomida oilalarida yaratib kelayotgan maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yoş avlodga har qança ibrat qilib körsatsa arziydi. Bu insonlar hamjihatlikda xonadonlarida öziga xos tutum, tartib-intizom örnatiş bilan birga komil farzandlar tarbiyalab, ularni çin insoniy fazilatlar, yaxşi odatlar, milliy udumlarga hurmat ruhida tarbiyalab kelişmoqda.

Hayotning past-u balandini körib, bir kasbning boşini tutib, keyin oilali bölişga qaror qilgan Sobir ota umr yölini köngli toza, uddaburon kasbdoşi Gulora opa bilan boğlab adaşmagan edi. Olis ovuldan maktabdagi işlari sababli tuman markaziga kelib yaşay boşlagan yoş oila dastlabki kunlarda ança qiynalişdi. Ayniqsa, ketma-ket dunyoga kelgan farzandlari bilan rözğor tutiş va işni ham eplaş juda qiyin böldi. Şu bois tönğiç farzand Azimboy ota-onasiga qöl-qanot bölib, hayotni erta örgandi. Singillari Rahima, Dilfuza, Dilşodalarga boş bölib, ota-onalari kelgunça uy yumuşlarini saranjomlab qöyadigan böldi. Gulora opa ham ularni bolalikdan mehnatga hamdam qildi. Hovlilaridagi boğning köçatlarini, tomorqadagi ekinlarni parvarişlaşni farzandlariga kiçikligidanoq örgata boşladi. Şu qatorda ularga maktabdan olgan bilimlarini puxta özlaştirişlariga ham şaroit yaratib, kömaklaşişdan aslo erinişmadi. Rözğorning kam-kösti uçun Sobir ota boğ va tomorqada yetiştirilgan meva-sabzavotlarni, Gulora opa esa keçalari tikib tayyorlagan buyum, kiyim-keçaklarni bozorga olib borib sotişar, gohida Azimboy ham ularga yordam berardi.

Farzandlarning kattasi Azimboy onasi kabi matematika faniga ixlos qöydi. Boşqa fanlardan ham aʼlo baholarga öqiş bilan birga, bu fanni çuqurroq örganişga harakat qila boşladi. Maktabni tugatgaç, otasi uni Toşkent Davlat Universitetining matematika fakultetiga boşlab bordi. Azimboy imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirib, oliygoh talabasi böldi va uni tugatgunga qadar faollar safida böldi. Öz kasbining malakali egasi bölib qaytganidan keyin u tumandagi örta maktablarda onasi kabi matematika fanidan öquvçilarga saboq bera boşladi.

Bu orada maktabni tugatgan Rahima ham matematika fani öqituvçisi bölişni niyat qildi va oliygohda tahsil olib, özi tanlagan kasbni egalladi.

Farzandlardan Dilfuza ota kasbiga mehr qöydi. Tabiatan ham otasiga tortgan bu qiz tengdoşlari orasida zukkoligi, bilganlarini boşqalar bilan baham körişdan erinmasligi, har bir işda puxtaligi, harakatçanligi bilan ajralib turardi. U ham aka-opasi izidan borib, oliygohda tahsil oldi va öqişni tugatganidan keyin maktabda boşlanğiç sinflarda dars bera boşladi. Oilaning kenjasi Dilşoda ham ança erka össada, ilm olişga juda qiziqdi va Dilfuza opasiga havas qilib, ota kasbini tanladi.

Farzandlarni kasb tanlaşga yönaltiriş, bilimli böliş muhimligini uqtiriş, ularni ketma-ket oliygohlarda öqitiş, har biriga hayotda öz örnini topişlariga kömaklaşiş Sobir ota va Gulora opaga oson keçmadi. Ular hayotiy tajribalari, öqib-örganganlari böyiça nafaqat farzandlari, balki özlari taʼlim berayotgan öquvçilarga ham astoydil tarbiya berib borar, buni özlarining burçi deb bilişar edi. Gulora opa nafaqaga çiqqunga qadar yoşlarga taʼlim-tarbiya berişdan taşqari dars jarayonida qöllagan uslublari, tajribalari asosida fanga doir uslubiy qöllanmalar ham yaratdi. Nafaqat tumanda, balki butun respublikada malakali matematika öqituvçisi sifatida tanilişga ulgurgan opaning bu boradagi mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi va unga “Uslubiyatçi öqituvçi” darajasi, “Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni va “Mehnat faxriysi” medali berildi.

Öz kasbining fidoyisi bölgan bu insonlar elda ham eʼzoz topişgan. Yaqinlari, hamkasblari, qöni-qöşnilarining har qanday kunida quvonç-u taşvişini birga baham köriş bilan çeklanmasdan, ularga zarur paytda imkon boriça kömak ham berişga harakat qilişdi. Bu orada elga töy berib, uylariga kelin tuşirişdi. Ota-onasining yonida turmuşning past-u balandini körib ulğaygan Azimboy akaning ham, Sobir ota va Gulora opaning ham masʼuliyatlari yanada ortdi. Çunki endi oilaning yangi aʼzosi, bu uyga kelin bölib tuşgan Töxtajonning xonadondagi tutumlarga moslaşib, örganib ketişiga kömaklaşişlari kerak edi. Kelin ham şu xonadonga mos, ziyrakkina bölganligi sababli tezda hamma narsani örganib oldi. Tuman şifoxonasida hamşira bölib işlaş bilan birga uy yumuşlariga ham bemalol ulguradigan böldi. Orada farzandlari Aminboy, Iroda, Iqboloy, Dilmurod va Risolatlar dunyoga kelişdi. Tuğişgan singillaridek bölib qolgan Rahima, Dilfuza, Dilşodalarni esa kelin qilib uzatişdi.

Farzandlarini uyli-joyli qilib, elga qöşgan Sobir ota va Gulora opalar nevaralar tarbiyasi bilan ham astoydil şuğullanişdi. Odatdagidek, ularga ham mehnatning, ilm olişning foydasi haqida keng tuşunça berib, öqişga qiziqtirişdi. Bu nevaralarga öz taʼsirini körsatmay qolmadi.

Katta nevara Aminboy matematikaga qiziqdi va Nukus Davlat Pedagogika institutining matematika fakultetida öqidi. Iqboloy va Iroda esa bobosi, ammalari kabi boşlanğiç taʼlim yönalişini tanlaşdi. Hozirgi kunda ular örta maktablarda öquvçilarga öz yönalişlari böyiça saboq berib kelişmoqda. Kenja nevaralar Dilmurod bilan Risolat esa hali talaba.

Nevaralarini ham farzandlari kabi solih, mehnatkaş, halol, diyonatli, kasb-hunarli qilib tarbiyalaşga erişgan Sobir ota va Gulora opalarga ularning kamolini köriş nasib qildi. Aminboyga özidek öqimişli qizni kelin qilişdi. Nevara kelin ham, Aminboy ham matematika fani öqituvçisi bölib, 56-sonli umumtaʼlim maktabida dars berişadi. Ayni paytda ikki farzandning ota-onasi böldilar. Iqboloy va Iroda ham yaxşi xonadonlarga kelin bölib, farzand tarbiyasi bilan şuğullanişmoqda. Şuning bilan birga maktabda öz yönalişlari böyiça öqituvçilik qilişmoqda. Keksalik gaştini surayotgan nuroniylar esa nevara va çevaralar qurşovida öz mehnatlarining rohatini körişmoqda.

– Dilmurod öqişini tugatib kelsa uni ham uylantiramiz, – deydi mamnunlik bilan Gulora opa. – Nasib qilsa, u kunlar ham bir-pasda keladi. Şuning uçun kelinlarim bilan hozirdan tayyorgarlik körib borayapmiz. Quroq körpaça, gul körpalarni tikib, birgalikda tayyorlayapmiz. Harna tayyor turgani yaxşida.

Sobir ota va Gulora opaning birga umr keçirib kelayotganiga bu yil 55-yil töladi. Xonadon fayzi bölgan bu nuroniylarning ham uyda öz yumuşlari bor. Otaxon boğ-tomorqa yumuşlarida, onaxon esa pişiriş, biçiş-tikiş işlarida oiladagilarga boş-qoş va kömakçi. Xonadonlarimiz körki bölgan otaxon va onaxonlarni boşimizda qöyib qadrlasak, aziz va mukarram qilib, har qança ardoqlasak ham baribir oz. Keksalar – uyning fariştasi. Turmuşimiz mana şunday nuroniylar bilan fayzli. Ularning dono ögitlari hamişa yölçi yulduzdek saodatga yetaklaydi. Şu bois har bir nuroniyga hurmat-izzat körsatiş, eʼzozlaş va buni qadriyat sifatida yoş avlod ongiga singdiriş har birimizning burçimiz hisoblanadi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026