IJOBAT (ökinçli mutoyiba)
Juman “işlamaydiganlar” qatorida röyxatga olinib, BAM (Baykal-Amur magistrali) qurilişiga yuborildi. Bir yarim yildan keyin esi kirdi-çiqdi bölib qaytdi. Baʼzilar u kaltak tufayli şu ahvolga tuşgan desa, baʼzilar örmonda adaşib qolib, qattiq qörqqanidan keyin şunaqa bölib qolgan, deyişadi. Bu haqda özidan sörasalar asabiylaşib, jahli çiqib, xafa bölib qolavergaç, heç kim suriştirmay ham qöygan. U amal-taqal qilibgina kun keçirar, birovlarning yumuşini bajarib, evaziga yegulik va kiyim-keçak olib yuraverardi. Sodda, oqköngil bu odamni Xitoy qişloğidagilar “öz ğaribimiz” deb yaxşi körişardi. Çunki u birovga pand berişni öylamas, buyurilgan işni kam-köstini qoldirmay bajarar, haq daʼvolaşmay, berganlarini olib ketaverardi. Muhimi, qanday işni bajarmasin, kiyim-boşini toza tutardi. Baʼzilar uning halol mehnatidan arzongina foydalansa, baʼzilar iş buyuriş bahona, uning qornini töydirar, sal eskirgan kiyimlarini berişar edi.
Qişloqning imomi Qodir mulla bobo uning holidan tez xabar olib turguvçi edi. Juman ham könglidagi gapini faqat mulla boboga oçilib aytar, kitoblarini öqiş uçun olib qaytib keltirib berar, öqiganlarini zavq bilan hikoya qilardi. Qodir mulla: eh sen öqiganingda bir olim böladigan bolasan-da, der, içida “dardmand bölmaganingda”, – deb xörsinib qöyardi.
Jumanning bir istagi yangi velosiped oliş edi. “Birov iş buyursa “valli” ni minib borib kelganga ne yetsin”, – deb orzu qilardi. Mulla bobo Jumanni tengini topib uylantirib qöymoqçi ham böldi. Lekin Juman rad etdi. “Men nima qilaman xotinni, undan köra “valli” olib bering”, – deb gapni kesdi. Mulla bobo bir zum indamay Jumanga termulib ötirdi-da: “Seni Alloh ayasin, bandaning qölidan nimayam kelardi. Xudodan tila, ijobat qilsa bandasiga berib qolar”, – deb xörsinib qöydi va ketdi.
Jumanga mulla boboning Xudodan tila degan gapi tinçlik bermay qöydi.
Xat yozdi: “Ey Xudo, men bir “valli” olsam degandim. Menga tört yuz ming söm yubor, ey Xudoyim!” – deb poçtadan ikkita konvert (xatjild) olib keldi. Yelimlab (konvert) xatjildning ustiga “Xudoyi taologa” deb yirik harflarda yozdi va poçta qutisiga taşladi.
Poçtaçi “xatlar har kuni olinadi” deb yozib qöyilgan qutidan xatlarni olsa, bir konvertga: “Xudoyi taologa”, sal pastroğiga: “Xitoy qişloği, Juman bandang”, deb yozilgan. Qayerga yuborsin? Şikoyat bölsa-çi?! Buni uçastkavoyga (ovul profilaktika inspektoriga) körsatmasam bölmaydi. U hal qiladi.
Uçastkovoy xatni olgaç: “boraver, özim köraman”, – dedi va oçib öqidi. Ertalab oylik hisobotda boşliqdan taşakkurnoma va pul mukofoti olgan inspektorning kayfiyati çoğ edi. Xatni körib Jumanga rahmi keldimi, bir yaxşilik qilib qöymoqçi böldimi, “boş-közimning sadaqasi”, deb ikki yuz ming sömni paketga örab, ustiga: “Jumanga, Xitoy qişloğiga” deb yozdi. Juman belkurakni yelkasiga taşlab uyining eşigi oldiga bir çelakni qöyib, (qulflagani şu) çiqqanida inspektor yetib keldi. “Ma, senga banderol keldi”, - deb paketni berdi. Ozgina hazil-huzul qilib jönadi. Juman iziga qaytib, paketni oçdi, qarasa, ikki yuz ming söm! Tokçadagi daftardan bir varaq olib, yana xat yozdi, yelimlab, konvertni bu safar poçta xodimining qöliga olib borib berdi. Poçtaçi xatni inspektorga berdi. Inspektor miyiğida kulib, xatni oçib öqidi. Unda: “Ey, Xudo! Mening tilagimni ijobat qilibsan. Pahmat! Alhamdulilloh! Men tört yuz ming söragandim, uçastkovoy ikki yuz mingni keltirdi. Endi pul yuborsang, uçastkovoyni aralaştirma!” – deb yozilgan edi.
Tursunboy ABDULLAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶