Fuqarolik holatini qayd etiş şaxsning huquqiy maqomini belgilaydi
Mustaqil Özbekistonimizda inson eng oliy qadriyat, oilalar mustakilligi va farovonligi oliy maksad sanaladi. Jamiyat tayançi bölgan oilalar ham bunday yuksak eʼtibor natijasida davlat va jamiyatning tarakqiyotida alohida ahamiyatga ega bölib boraveradi. Özbekistonda oilalar bağrida sportda va sanatda nomi dunyoga tanilgan salohiyatli farzandlar, el-yurt manfaatiga xizmat qiluvçi, zamonaviy va yetuk mutaxassis kadrlar, tadbirkorlar, bilim va malakali fermerlar yil sayin köplab yetişib çiqayotganligi buning yaqqol dalilidir.
Demokratik huquqiy davlat barpo etiş Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yönalişdagi çora-tadbirlar rejalaştirilişi va boşqarilişi darajasi bilan bogliq hisoblanadi. FHDYo organlarining bu borada iş yuritişdagi vazifalari davlat va jamiyat manfaatlarini közlaşdan iborat bölib, u orqali fuqarolarning şaxsiy mulkiy huquqlarini ham himoya qiliş maqsadlari közlanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarining töliq va öz vaqtida qayd etilişi jamiyatimiz rivojlanişida öziga xos ahamiyatga ega. Demografik masalalarni samarali hal etişda FHDYo organlarining faoliyati natijalari muhim örin tutadi. Aholining hamda uning asosiy böğini bölgan oilaning turli xil muammolarini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar asosida tahlil etiş alohida olingan oila manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uzviy boğliqligini taminlaydi. Bunday siyosat yuritilişda malum vaqt oraliğida tuğiliş, ölim, nikoh tuziş, nikohdan ajraliş soni haqida aniq malumotlarga ega böliş muhim hisoblanadi. Bu malumotlarni olişda FHDYo organlarida rasmiylaştiriladigan hujjatlar va ular asosidagi hisobotlar asosiy manba bölib xizmat qiladi.
Fuqarolik holati şaxsning huquqiy maqomini belgilaydi. Fuqarolik holati deganda fuqaroning huquq layoqati, muomala layoqati, fuqaroligi, unga malum familiya, ism, ota ismining tegişliligi, şuningdek, uning oilaviy ahvoli, yaʼni turmuş qurgan yoki qurmaganligi tuşuniladi. Fuqaroning şaxsiy hayotidagi va uning jamiyatdagi huquqiy holatini belgilaş, uning fuqarolik va oilaviy huquqiy munosabatlarining subekti sifatida tan olinişi uçun bu faktlar fuqarolik holati dalolatnomalarni yoziş davlat organlarida qayd etiladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarining FHDYo organlarida kayd etilişi faqat manfaatdor şaxs uçun emas, balki uning oila azolari uçun ham ahamiyatli bölib, fuqarolarning jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinişiga xizmat qiladi.
M.Eşmuradova,
FHDYo bölimining 2-toifali inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶