"Obod qişloq" dasturi amalga oşirilayotgan Qiliçboy ovulidagi madaniyat markazida kutubxona taşkil etildi
Inson hayotida kitob mutolaasining, kitoblardan olinadigan maʼnaviy-ruhiy ozuqaning örnini heç bir vosita bosa olmaydi. “Kitob – jaholat kuşandasi”, “Kitob öqigan avvalo özini tanib oladi” degan hikmatli iboralar zamirida ulkan maʼno yaşirin.
Muhtaram Yurtboşimizning aholi, ayniqsa, yoşlar kitob mutolaasiga katta eʼtibor berayotgani mamlakatimizning barça hududlarida kutubxonalar fondining boyib, yangi kutubxonalarning bunyodga kelişiga zamin bölayotir.

Şu yilning 13-aprelida tuman hokimi S.Yöldaşev “Obod qişloq” dasturiga kiritilgan Qiliçboy ovulidagi Madaniyat markaziga 500 ta kitob sovğa qildi va markaz kutubxonasiga asos soldi.
Şu munosabat bilan markazga yiğilgan 15-sonli maktab öquvçilari bilan S.Yöldaşev kitobxonlik borasida samimiy suhbatlaşdi, yana qanday kitoblar öqişni xohlaşlariga qiziqdi.
Şuningdek, kutubxonaning joriy yilgi eng faol kitobxonini aniqlab, rağbatlantiriş uçun markaz direktori Ikromjon Siytimovga velosiped topşirdi.
Kutubxona taşkil etilişi öquvçi-yoşlarnigina emas, hudud aholisini, keksalarni ham juda sevintirdi.
-Bolalarimiz kitob öqimay qöydi, deya xavotir olar edik. Aslida bolalarga kitob berib, ular kitoblarga qançalik taşna ekanligini biliş mumkin ekan. Hozir öquvçilarning kitoblarni javonlarga avaylab terayotganlarini körib, buni çuqur angladim.
Kutubxona taşkil etilganidan biz ham xursandmiz, mutolaa albatta, hammaga kerak, - deydi mehnat faxriysi Amina Yusupova.
Qiliçboy bu yil “Obod qişloq” dasturi asosida obod va körkam ovulga aylantiriladi, yangi infrastruktura obʼektlari qad rostlaydi, aholi turmuşi farovonlaşadi. Madaniyat markazida taşkil etilgan kutubxona qiliçboyliklar uçun xayrli özgarişlarning boşlanişi bölsa ajab emas.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶