Prezidentning beşta taşabbusi – yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, xotin-qizlar bandligini taʼminlaşda muhim dasturilamaldir
Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev mamlakatimizning qaysi viloyatida bölsalar-da, eng avval yoşlar taʼlim-tarbiyasini, maʼnaviyatini yuksaltiriş borasidagi vazifalarga alohida eʼtibor qaratadilar. Joriy yilning 19-mart kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida yoşlar maʼnaviyatini yanada yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng ommalaştiriş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari böyiça savodxonligini oşiriş, sanʼat va madaniyat maskanlariga jalb qilgan holda yoşlar qalbida sanʼatga muhabbat tuyğularini uyğotiş böyiça birlamçi vazifalar belgilanib, Prezident tomonidan beşta muhim taşabbus ilgari surilgan edi.
Özbekiston Pespublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev 3-aprel kuni yoşlar taʼlim-tarbiyasi uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş, xotin-qizlar bandligini oşirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni öz içiga olgan beşta taşabbusni amaliyotga joriy etiş masalalari böyiça yiğiliş ötkazib, har bir taşabbus böyiça işlab çiqilgan çora-tadbirlar dasturlari, mazkur dasturlar yuzasidan bildirilgan takliflar, bu takliflarni amalga oşiriş mexanizmalriga alohida töxtaldi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, Prezident tomonidan ilgari surilgan beşta taşabbusning barçasi xalqimiz, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarning ijtimoiy-maʼnaviy hamda madaniy hayotida juda katta voqea böldi.
Xususan, birinçi taşabbus böyiça yoşlarni sanʼat va madaniyat maskanlariga keng jalb etiş, öz iqtidorlarini namoyon etişlari uçun zarur şaroitlar yaratişga qaratilgan Dastur loyihasiga köra, 2019-2020-yillarda 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan 2 million nafardan ziyod yoşlarni madaniyat va sanʼat sohasiga jalb etiş töğrisida “yöl xarita”larini tasdiqlaş közda tutilgani muhim ahamiyatga ega. Dastur loyihasiga köra, endilikda sanʼatga qiziquvçi yoşlar uçun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi: musiqa va sanʼat maktablarida qöşimça sinflar, madaniyat markazlarida turli xil havaskorlik tögaraklari, teatr jamoalari, bolalar ansambllarini taşkil etiş orqali yoşlarni sanʼat va madaniyat sohasga qiziqtiriş közda tutilgan. Bundan taşqari, yangidan quriladigan va rekonstrkutsiya qilinadigan, joriy taʼmirga muhtoj va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli röyxati şakllantiriliş, çekka hududlarda yaşovçi, ayniqsa, qişloq yoşlarining böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin ifodasidir.
Ikkinçi taşabbus – yoşlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etiş hamda sport inşootlari quvvatini yanada oşirişga qaratilgan bölib, Dasturga köra, taşabbus doirasida har bir tumanda keyingi 2-yil içida yengil konstruktsiyali, sendviç papelli kiçik sport zallarini barpo etiş, ularga yoşlarni va aholini keng qamrab oliş, ommaviy sport tadbirlari miqyosini kengaytiriş közda tutilgani nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimiz xalqi uçun ham quvonçli voqea böldi.
Aholi va yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişga oid çora-tadbirlar Dasturida Prezidentimizning uçinçi taşabbusi böyiça amalga oşiriladigan keng kölamli vazifalar öz aksini topgan. Dasturga muvofiq 2019-2020-yillarda tuman va şaharlarda, xususan, bizning tumanimizda ham raqamli texnologiyalar markazlarini taşkil etiş va ularda bepul taʼlim beriş Prezidentimizning yoşlarga, xalqimizga qaratilayotgan yana bir katta eʼtibori böldi.
Törtinçi taşabbus maqsadlarini amalga oşirişga qaratilgan yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş böyiça çora-tadbirlar Dasturiga köra, har bir hududga 1 million donadan turli xil ommabop mavzudagi kitoblarni yetkazib beriş közda tutilgani, salkam bir oydan beri uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlaş maqsadida mamlakatimiz böylab keng quloç yoygan “Kitob sovğa qil!” aktsiyasida idora va taşkilotlar rahbarlari, deputatlardan tortib, oddiy fuqarolargaça iştirok etişayotgani bu taşabbusning naqadar katta ahamiyatga egaligidan yaqqol dalolatdir.
Beşinçi taşabbus – hududlarda xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, muammolarini ijobiy hal etişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unga köra, 2019-2020-yillarda har bir tumanda yengil konstrkutsiyali tikuv-trikotaj korxonalarini quriş va ayollar uçun yangi iş örinlarini yaratiş rejalaştirilgani, ayollar işlaydigan mazkur tikuv-trikotaj korxonalarida işlab çiqariladigan mahsulotlar bozorini topiş va şu asosda bu korxonalarni rivojlantirişga qaratilgani xotin-qizlar bandligini taʼminlaş böyiça bajariladigan işlarni yanada takomillaştiriş imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beşta taşabbus xalqimiz, ayniqsa yoşlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, maʼnaviyatini yuksaltirişda muhim dasturiamal bölibgina qolmay, mamlakatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotidagi dolzarb vazifalarni ado etiş borasidagi aniq va puxta rejalaştirilgan qimmatli hujjat hamdir.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶