Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan beşta taşabbus ijrosini taʼminlaş böyiça tadbir ötkazildi
Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan yoşlarning madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob öqişga bölgan qiziqişini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan beşta taşabbusning ijrosini taʼminlaş maqsadida tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

27-aprel kuni Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengaşi tomonidan mazkur beşta taşabbusning ijrosini taʼminlaş hamda yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qiliş uçun zarur şaroitlar yaratiş maqsadida futbol musobaqasi taşkillaştirildi. Qiliçboy ovuli hududidagi mini futbol maydonçasida ötkazilgan uşbu musobaqada Qiliçboy hamda Dörman ovullaridagi mahallalardan 13 ta jamoa iştirok etdi. Musobaqa yakunida “Inter Xolimbeg” jamoasi 1-örin, “Qiliçboy siti” jamoasi 2-örin, “Xizr eli” jamoasi esa 3-örin ğolibi deb topildi.


Şu kuni taşkilot tomonidan Prezidentimizning beşta muhim taşabbuslaridan biri bölgan xotin-qizlar bandligini taʼminlaşga doir tadbir ham ötkazildi. Tadbir davomida Yoşlar markazi tuman bölimida taşkil qilingan turli tögaraklar haqida yoşlarga keng maʼlumot berildi va şu yerdagi tikuvçilik tögaragida hunar örgangan 5 nafar qiz “Tamara-Feruza” xususiy korxonasiga işga joylaştirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶