Boyovul mahallasida fuqarolar yiğini raisi saylovi ötkazildi
Yangi tahrirdagi “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonunga muvofiq, joriy yilning may oyida yurtimizda fuqarolar yiğinlari raislari saylovi bölib ötadi. Ötgan davr mobaynida tumanimizda ham uşbu muhim siyosiy jarayonga qizğin tayyorgarlik körildi.
1-may kuni tumanimizda “Boyovul” mahallasidan boşlangan uşbu saylov tuman Madaniyat va aholi dam oliş markazi binosida ötkazildi. Iştirokçilar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.






Işçi guruh tomonidan davlat organlari, korxona-taşkilotlar mutasaddilari va saylovçilar nomidan qatnaşayotgan vakillar iştirokida yiğiliş ötkazilib, saylovni ötkaziş tartibi belgilab olindi. Tartibga köra, kotib, rayosat aʼzolari va sanoq komissiyasi saylandi. Şuningdek, “Boyovul” mahallasi fuqarolar yiğini raisligiga qöyilgan nomzodlar Hayitgul Allaqova hamda Erkin Husainov haqida batafsil maʼlumot berildi va ularning maʼruzasi tinglandi. Şuningdek, saylovçilarga ovoz beriş tartibi keng tuşuntirildi.
Özbekiston Respublikasi “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisidagi” Qonunining 20-moddasida belgilangan meʼyorlarga asoslanib, “Boyovul” mahalla fuqarolar yiğini raisini saylaş yaşirin ovoz beriş orqali amalga oşirildi va eng köp ovoz töplagan nomzod Husainov Erkin Saʼdullayeviç rais etib tayinlandi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶