Ikkinçi jahon uruşi faxriylari holidan xabar olinmoqda
“Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Bekman Allambergenov, tuman Mudofaa bölimi boşliği, podpolkovnik Ixtiyor Nodirov va tuman Tibbiyot birlaşmasining ijtimoiy bölimi mudiri Hamid Norboyevlar Qipçoq ovulida istiqomat qilayotgan Ikkinçi jahon uruşi iştirokçisi Ötamurod Bozorboyev xonadoniga taşrif buyurişib, otaxonni 9-may – Xotira va qadrlaş kuni bayrami bilan tabrikladilar va unga nogironlar aravaçasini sovğa qildilar.
Bundan quvongan otaxon eʼtibor va ğamxörlik uçun davlatimizdan, mehridaryo insonlardan çeksiz minnatdor ekanligini maʼlum qildi.
Şu kuni tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman Mudofaa bölimi boşliği, podpolkovnik Ixtiyor Nodirov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Bekman Allambergenov va bir guruh şifokorlar “Böston” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinçi jahon uruşi iştirokçisi Yöldoş Ortiqov xonadoniga taşrif buyurişib, otaxonni 9-may – Xotira va qadrlaş kuni bayrami bilan tabrikladilar.
Şu kuni otaxon şifokorlar körigidan ötkazilib, kerakli muolajalar amalga oşirildi.
Allambergan Jumaniyozov.
Suratda: Yöldoş Ortiqov (örtada), uning turmuş örtoği Rahima Ortiqova va tuman Mudofaa bölimi boşliği, podpolkovnik Ixtiyor Nodirovlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶