9-may - Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi
Yurtimizda 9-may Xotira va qadrlaş kuni sifatida keng nişonlanadi. Bugungidek dorilomon, osuda hayot uçun kuraşgan, Ikkinçi jahon uruşining olovli söqmoqlarida jon olib-jon berib, ğalabaga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimizning matonati, jasorati bayram kunlari yana bir bora eʼtirof etiladi.
Ikkinçi jahon uruşida Özbekistondan 1,5 million kişi uruşga safarbar qilingan. Ularning 500 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok bölgan. Tumanimizdan esa 4344 nafar alp yigitlar uruşga otlanişgan va ularning 1520 nafarigina omon qaytib kelişga muyassar bölişgan. Bugungi kunda Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilarining 3 nafarigina hayot bölib, ozod va obod davrda keksalik gaştini surmoqda. Ular bayram oldidan Yurtboşimiz Farmoniga muvofiq 7 mln. 500 ming söm bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi, nuroniylarimiz uçun munosib turmuş şaroitlari yaratildi. Bayram arafasida davlat va jamoat taşkilotlari, keng jamoatçilik vakillari uruş faxriylarining uylariga taşrif buyurişib, ularga yuksak hurmat-ehtirom körsatişdi, ğalabaga munosib hissa qöşib, dunyodan ötgan sobiq jangçilar xotirasi yodga olindi.
9-may kuni Manğit şahridagi Xotira boğida ham Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan tantanali marosim ötkazildi. Unda tuman hokimligi, Mudofaa bölimi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, jamoat taşkilotlari, siyosiy partiyalar va boşqa korxona-taşkilotlar rahbarlari, uruş faxriylari, front orqasida ğalabaga munosib hissa qöşgan mehnat faxriylari, öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Tantanali marosimni tuman hokimining birinçi örinbosari M.Temirboyev oçdi va olib bordi. Tumanimiz hokimi S.Yöldaşev, "Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi B.Allaberganov, Yoşlar ittifoqi faoli A.Hayitboyev, “Yusuf eşon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi A.Matsapayevlar uruşning dahşatli oqibatlari, farovon, osoyişta kunlarning qadriga yetiş haqida gapirdilar. Ötganlar ruhiga atab Qurʼon tilovat qilindi. Şundan söng, jangovar marş sadolari ostida mangu yoniq olov poyiga gulçambarlar qöyildi.
Tuman Madaniyat bölimi va Manğit şahridagi umumtaʼlim maktablari öquvçilari tomonidan tayyorlangan sahnalaştirilgan musiqiy dastur namoyiş etildi, tinçlikning qadr-qimmatini, baxtiyor zamonamizni uluğlovçi kuy-qöşiqlar yangradi. Uruş va mehnat faxriylari özlariga körsatilgan hurmat-ehtiromdan çeksiz minnatdor böldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶