BOLA HUQUQLARI BÖYIÇA MILLIY QONUNÇILIK YaNADA TAKOMILLAŞTIRILMOQDA
Milliy huquqiy tizimimizda bola huquqlariga oid qonunlar alohida örin tutadi. Özbekistonda uşbu sohada 100 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar tatbiq etildi.
Sönggi yillarda BMTning Bola huquqlari böyiça qömitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda, qariyb 20 ta qonun qabul qilindi. Bundan taşqari, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat ijroiya kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va boşqa bir qator qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritildi.
Özbekistonda mustaqillikka erişilgandan söng, Özbekiston parlamenti ratifikatsiya qilgan birinçi majburiy xalqaro-huquqiy şartnoma – Bola huquqlari töğrisidagi Konventsiyadir. Uşbu Konventsiyani jahon bolalarining öziga xos xalqaro Konstitutsiyasi deyiş mumkin. Özbekiston bola huquqlariga oid öndan ortiq xalqaro şartnomalarga ham qöşilgan.
Yurtimizda bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan keng qamrovli ezgu işlar izçil davom ettirilişi bilan birga yangi, yanada yuksak bosqiçga kötarilmoqda. Şu qatorda joriy yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Qarori qabul qilingani ayni yönalişdagi islohotlarning uzviy va qatʼiy, izçil va bosqiçma-bosqiç asosda davom etayotganining yorqin tasdiğidir.
Bola huquqlari töğrisidagi konventsiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etiş, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini amalda kafolatlaş, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va maʼnaviy yetuk avlod bölib yetişişini taʼminlaş, şuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida qabul qilingan mazkur Qaror bolalar himoyasiga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.
Aytiş mumkinki, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi yanada kuçaytirilişi, bu boradagi qonunçilikning takomillaştirilişi barkamol, jismoniy va ruhiy soğlom avlod tarbiyalanişiga, jamiyat ravnaqiga hissa qöşadigan insonlar voyaga yetişiga xizmat qiladi.
Aziz Qurboniyozov, tuman IIB boşliğining Yoşlar masalalari böyiça örinbosari, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶