YuQORI QIŞLOQNING OLIMA QIZI
Dunyoda tafakkur qudratiga teng keluvçi kuç yöq. Inson aqlu zakosi mahsuli bölmiş ixtirolarni, yangiliklarni eşitganimizda har gal hayratga tuşamiz: haydovçisiz yuradigan avtomobillar, tanaga issiqlik berib turuvçi kiyimlar, egasining sutka davomida qança masofa piyoda yurişini aniqlab boradigan poyafzallar, inson zimmasidagi vazifalarni bajarayotgan robotlar... xullas, şunday odamlar borki, ularning aqli imkoniyatlariga havas qilmay ilojimiz yöq. Şunday damlarda faylasufning “qayiqda suziş mahoratini egallagan odamga tölqinlar xavf sololmaydi”, degan purmaʼno sözlari esiga keladi, odamning. Demoqçimanki, astoydil öqigan, intilgan, niyatlari sari odimlagan odam ham, şubhasiz, ulkan yutuqlarga erişadi.
Qiliçboy ovulining Yuqori qişloq mahallasida tuğilib ösgan Malohat Yusupovaning öquvçilik davri ham mustaqilligimizning ilk iqtisodiy qiyinçilik yillariga töğri keladi. Biroq, astoydil öqiş uçun harakat qilgan qizaloqqa bular taʼsirini ötkaza olmadi. Maktabni tugatgaç, 2004-yilda Toşkent davlat agrar universitetining kasb-taʼlimi (agronomiya) fakultetiga öqişga kirdi. 2008-yilda şu fakultetning bakalavr bosqiçini, 2010 yilda mevaçilik yönalişi böyiça magistratura bosqiçini imtiyozli diplom bilan tugatdi va 2011-2013-yillarda Toşkent davlat agrar universiteti stajyor tadqiqotçi-izlanuvçisi, 2013-2014-yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvçi, 2014-yildan “Yangi pedagogik texnologiyalar” MÇJ iş yurituvçisi, rahbari vazifasini bajaruvçi bölib işlab kelmoqda. Şu bilan birga mevaçilik va uzumçilik ixtisosligi böyiça mustaqil tadqiqotçi sifatida qişloq xöjaligi fanlari doktori, dotsent Sohibjon Islomovning ilmiy rahbarligida, Xorazm viloyati şaroitida olma va nok köçatlarini past böyli payvandtaglarda yetiştiriş texnologiyasini takomillaştiriş, mavzusida dissertatsiya işini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Uning 2018-yil 25-dekabrda himoya qilgan mazkur işi avtoreferatiga Qozoğiston, AQŞ, Koreya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar ilmiy markazlarining yetakçi olimlari tomonidan ijobiy fikrlar bildirilgan, qişloq xöjaligi sohasi uçun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bölgan tadqiqot, deya baholangan.
Malohat Yusupova mazkur tadqiqot işida Xorazm viloyatining şörlangan tuproqlarida vegetativ yöl bilan köpaytirilgan olma va behi payvandtaglari tiplarining ösişi va rivojlanişining marfo-biologik xususiyatlarini aniqlagan.
Toşkent davlat agrar universititi huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvçi DS s. 27.06.2017. QX. 13.01 raqamli ilmiy kengaşda körib çiqilgan uşbu himoya işi uçun Malohat qişloq xöjaligi fanlari böyiça falsafa doktori ilmiy darajasiga ega böldi.
Yuqori qişloqning yoş olima qizi hamon ilmiy izlanişda, uning bu boradagi tadqiqotlari tumanimiz, Respublikamiz qişloq xöjaligi rivojiga muhim hissa bölib qöşilişiga işonamiz.
Otabek RAHIMBOYeV, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶