25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 10:15
Jamiyat 👁 418

TUMANDA “OBOD QIShLOQ” DASTURI IJROSI UChUN 26 MLRD. 556 MLN. SOʻM SARFLANADI

TUMANDA “OBOD QIShLOQ” DASTURI IJROSI UChUN 26 MLRD. 556 MLN. SOʻM SARFLANADI

Joriy yilda tumanimizning Choykoʻl, Qilichboy ovullari va Beshtom mahallasi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan.

Mazkur hududlarda 2405 ta xonadonlarda 13445 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun dastur doirasida 155 ta yakka tartibdagi uylarning tom qismini taʼmirlash, 381 ta uylarning fasad qismini taʼmirlash, 490 ta uyga toʻsiq devorlar qurish kabi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kungacha 41 ta uyning tom qismi, 71 ta uyning fasad qismi, 19 ta darvozalar va 6 ta hojatxonalar taʼmirlandi, 37 ta uyga toʻsiq devorlar qurildi, 16 ta uyning toʻsiq devorlari taʼmirlandi.

“Obod qishloq” dasturiga muvofiq mazkur ovullar va mahallada koʻplab koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash va hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Xususan, piyodalar yoʻlaklari, irrigatsiya tarmoqlari taʼmirlanadi, 13000 kv.m hududda daraxtzor va gulzorlar tashkil etiladi, 45 dona tungi koʻcha yoritish ustunlari oʻrnatiladi, 5 ta avtobekatlar quriladi va avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, 4 kilometrlik suv tarmogʻi quriladi va 9 kilometrlik suv tarmogʻi taʼmirlanadi, 2 ta suv inshootlari barpo etiladi.

“Obod qishloq” dasturi qishloqlarda turmush sifatini tubdan yaxshilashga, qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga, aholi oʻz hayotidan mamnun boʻlib yashashiga erishishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Shu maqsadda joriy yil dasturiga kirgan Choykoʻl, Qilichboy ovullari va Beshtom mahallasida elektr va gaz ttaʼminoti sifatini yaxshilash choralari koʻzda tutilgan, yaʼni 12 ta tabiiy gaz taqsimlash nuqtasi, 8 km. uzunlikdagi tabiiy gaz tarmogʻi taʼmirlanadi, 14 ta markaziy koʻchalar va 2 ta ichki koʻchalar rekonstruktsiya qilinadi.

Dasturda hududlardagi ijtimoiy soha obʼektlarini qurish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, Choykoʻl ovulida yangi 3 ta MTM qurilishiga, Qilichboy ovulida 2 ta yangi MTM qurilishiga ehtiyoj mavjud ekanligi qayd etilgan, Choykoʻl ovulida 2 ta MTM binosi, Qilichboy ovulida 2 ta MTM binosi rekonstruktsiya qilinishi belgilandi. Beshtom mahallasi, Qilichboy, Choykoʻl ovullarida 1 tadan maktablar quriladi.

Ushbu hududlarda 2 ta maktab binosi rekonstruktsiya qilinadi, 1 ta maktab binosi mukammal taʼmirlanadi, 2 ta mahalla markazi binosi yangidan quriladi. Shuningdek, 29 ta savdo majmualari va maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari qurilib, aholiga sifatli xizmat koʻrsatishi yoʻlga qoʻyiladi.

Buningdek ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun jami 26 mlrd. 556 mln. soʻm sarflanishi rejalashtirilgan. Bu chora-tadbirlar aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilishiga munosib hissa boʻlib qoʻshilishi shubhasiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026