45 foizdan ziyod fuqarolik işlari sayyor sud majlislarida körib çiqildi
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har bir fuqaroning huquq va erkinliklari sud orqali himoya qilinadi. Undan taşqari, davlat organlarining, lavozimli şaxslarning, jamoat birlaşmalarining noqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlanadi.
Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarining sud orqali ximoyalanişini taʼminlaş, işlarni qonunda belgilangan muddatlarda sifatli körib çiqiş va aholi örtasida huquqiy tarğibot ötkaziş borasida Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi tomonidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Fuqarolik işlari böyiça tuman sudiga 1-çorak mobaynida fuqarolardan jami 384 ta ariza, daʼvo ariza va murojaat kelib tuşdi. Uşbu murojaatlar böyiça 160 ta fuqarolik işlari körib tamomlandi. Tamomlangan 108 ta iş böyiça hal qiluv qarorlari çiqarildi. Şundan 89 ta iş böyiça daʼvo arizalar qanoatlantirildi va 19 ta iş böyiça daʼvo arizalar rad etildi. 52 ta iş böyiça ajrim çiqarildi, 9 ta iş yurituvdan tugatildi. 43 ta ariza körilmasdan qoldirildi. Buyruq tartibida jami 59 arizalar böyiça sud buyruği çiqarildi.
Daʼvo tartibida 137 ta fuqarolik iş, yuridik ahamiyatga ega bölgan faktlarni tasdiqlaş, farzandlikka oliş, fuqaroni muomala layoqatini yöqotgan deb topiş böyiça alohida tartibdagi 23 ta fuqarolik iş körib çiqildi.
Fuqarolik işlarini köriş jarayonida taraflar örtasidagi kelişmovçiliklar natijasida kelgusida jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etilişining oldini oliş maqsadida 1 ta fuqarolik işi böyiça tuman IIBga xabarnoma yuborildi. Sud tomonidan idora, korxonalarga 1 ta xususiy ajrim çiqarilgan bölib, javobi öz vaqtida majlis bayonnomalari bilan töliq qaytarildi. Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi tomonidan 87 ta ijro hujjatlari majburiy ijro byurolariga ijro uçun yuborildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan işlab çiqilgan kompleks çora-tadbirlar rejasiga muvofiq, şu paytga qadar 73 ta, yaʼni 45,6 foiz fuqarolik işlari sayyor sud majlislarida körib çiqildi.
Ye.Uteniyazov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶