OTABEK – “ENG YaXŞI BLOGEP” NOMINATsIYaSI ĞOLIBI BÖLDI
Yoşlarning öqib-izlanişlari, öz iqtidorlarini töla namoyon eta olişlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar özining samaralarini berayotgani juda quvonarlidir.
Asli tumanimizning Beşovul mahallasida tuğilib-ösib, 8-sonli umumtaʼlim maktabini tugatgan Otabek Pahimboyev hozir Qoraqalpoq davlat universitetining tabiatşunoslik fakulteti 2-kurs talabasi.
Uning qiziqişlari doirasi keng. Xususan tabiatni asrab-avaylaşga tarğib etuvçi va boşqa turli mavzulardagi maqolalari turli naşrlarda yoritilgan. Otabek ötgan yilda Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi fakulteti jurnalistika kafedrasi huzuridagi “Yoş” jurnalistlar tayyorlaş klubi”ning 5 oylik maşğulotlarida qatnaşib, maxsus sertifikatga ham ega böldi. Klubdagi maşğulotlar uning iqtidorini yanada yuksaltirdi, dunyoqaraşini kengaytirdi, matbuotga özgaça hurmat hissini tarbiyaladi. Buni uning klubning 2018-yil sentyabrdan öz faoliyatini boşlagan “Orol – 24.uz” saytida yoritilayotgan maqolalaridan ham biliş mumkin.
Saytda öz blogiga ega yoş talaba hayotida yaqinda quvonçli voqea böldi: şu yil 4-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining qoraqalpoq filologiyasi fakulteti jurnalistika kafedrasi taşkil etgan “Jas jurnalist - 2018” tanlovi ğoliblari eʼlon qilindi. Natijalarga köra, Otabek Pahimboyev “Eng yaxşi bloger” nominatsiyasi ğolibi böldi. Bu yutuq uni yana ham ulkan ijodiy işlarga ruhlantiradi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶