Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila qadriyatlar beşigi” nomli tadbir ötkazildi
Mamlakatimizda 15-may –“Xalqaro oila kuni” keng nişolanib kelinmoqda. Bu yil ham joylarda uşbu kun munosabati bilan turli tadbirlar, körik-tanlovlar, davra suhbatlari va uçraşuvlar boşlanib ketdi. Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim muassasalarida “Mening oilam – mening quyoşim”, “Biz baxtli oilamiz”, “Otam, onam, men – ahil oilamiz” mavzularida tanlovlar, viktorinalar, sport musobaqalari, ovul va mahallalarda oila haftaligi, “Ibratli oila” körik-tanlovi, “Kitob – xonadonimiz xazinasi”, “Kitob – qiz sarposining bezagi” aktsiyalari taşkil etildi.
16-may kuni Manğit Istirohat boğida “Xalqaro oila kuni”ga bağişlab “Oila qadriyatlar beşigi” nomli katta tadbir ötkazildi. Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman bölimi rahbari G.Yusupova, FHDYo bölimi boşliği S.Xolboyeva, tuman IIB HPB xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori, katta leytenant D.Şarifova, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi raisi M.Şermetov hamda tuman Xotin-qizlar qömitasining mahallalardagi mutaxassislari, faol ayollar qatnaşdilar. Sözga çiqqanlar mazkur tadbirning jamiyat uçun, oila uçun ahamiyati, oilalarning mustahkamligi va farovonligi yurtimiz taraqqiyoti uçun neçoğli muhimligi, oila mustahkamligini taʼminlaş, oilada maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptiriş, oilaning tutgan örnini mustahkamlaşga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida gapirdi. Oilalardagi özaro hamjihatlik, ahillik jamiyatda ham katta örin tutişini eʼtirof etdilar.
Xalqaro oila kuni munosabati bilan ötkazilgan tanlovlarda ğolib bölgan öquvçi-yoşlarga, tadbirlarda faol iştirok etgan oilalarga, “Ibratli oila” Respublika tanlovining tuman bosqiçi ğolibi bölgan 5 ta oilaga hamkor taşkilotlar tomonidan “Faxriy yorliqlar”, sovğalar topşirildi.
Tadbir tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur bilan davom ettirildi va oilani, mehr-muhabbatni uluğlovçi kuy-qöşiqlar baxtli oilalarning şöx raqslariga ulanib ketdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶