BOLA HUQUQLARIGA OID YaNGI INSTITUT JORIY ETILDI
Maʼlumki, har yili 1-iyun sanasi dunyo hamjamiyatida “Xalqaro bolalar kuni” sifatida keng nişonlanadi.
Bolajon xalq yaşaydigan Özbekistonda ham har yili uşbu sana munosabati bilan bor eʼtiborimiz bolajonlarga qaratiladi. Bu kuni istirohat boğlari, köngil oçar maskanlar, xiyobonlar, favvoralarda töplangan bolajonlar quvonçi, şodligi har qanday insonni beğubor bolalik yillariga qaytişga undaydi. Darhaqiqat, mamlakatimizda farzandlarimizning barkamol avlod bölib yetişişi, ularning soğligi, taʼlim-tarbiyasiga berilayotgan eʼtibor bilan bir qatorda «Bola huquqlari» masalasi ham yurtboşimizning doimiy diqqat markazida. Bunga Prezidentimiz tomonidan sönggi yillarda qabul qilinayotgan önlab Farmon, Qarorlarni, imzolanayotgan qonunlarni misol qilib keltiriş mumkin.
Prezidentimizning “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi Qarori bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) örinbosari — Bola huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etilgani ham bu boradagi muhim yangiliklardan biridir. Bu mamlakatimizda onalik va bolalikni qöllab-quvvatlaş, bolalarning maʼnaviy va jismoniy rivojlanişi uçun şart-şaroitlar yaratiş hamda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bola huquqlari töğrisidagi konventsiyasi talablariga rioya etilişini taʼminlaş borasidagi navbatdagi qadam böldi.
Qaror bilan endilikda ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi özlari yaşab turgan turar joylarni ular «Mehribonlik» uylariga joylaştirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga köra vasiylikka yoki homiylikka oluvçi bilan birga yaşayotgan butun vaqt mobaynida, ön sakkiz yoşga tölgunga qadar bronlaştiriş huquqi berildi. Bundan keyin bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlari töliq körib çiqilişi kafolatlanadi. Bola töliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni körmasdan qoldirişga yöl qöyilmasligi qaror bilan qatʼiy belgilab qöyildi.
Qarorga köra, endi ön sakkiz yoşga tölmagan şaxslarga aliment tölaş haqida ota-ona örtasida kelişuv bölmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravişda tölanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undiriş töğrisida sudga murojaat qilmagan hollarda 14 yoşga tölgan bola özining taʼminoti uçun ota yoki onadan yoxud ota-onasi bilan birga yaşamayotgan bölsa, bir vaqtning özida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undiriş töğrisida daʼvo qözğatişga haqli böldi. Bolalarni himoya qiliş maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan daʼvogar davlat boji va boşqa tölovlarni tölaşdan ozod qilinadi.
Qaror bilan hayotimizda yuz beradigan yana bir yangilik şuki, 2019-yil 1-sentyabrdan Özbekiston Respublikasida erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi ön sakkiz yoş etib belgilandi. Şubhasiz qonunçilikdagi bu özgariş yoş avlodning huquqlarini amalda kafolatlaş, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va maʼnaviy yetuk avlod bölib yetişişini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega.
Bundan taşqari, Qarorda ota-onasiz qolgan bolalarning taʼlim oliş huquqiga ham alohida eʼtibor berildi. Yaʼni 2019/2020 öquv yilidan boşlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilişning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari bölgan çin yetimlar uçun qöşimça ravişda bir foizgaça davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratiş tartibi joriy etildi.
Bir söz bilan aytganda, davlatimiz tomonidan bola huquqlarini taʼminlaşdagi bunday islohotlar samarasi yurtimizdagi har bir bola taqdirida aks etmoqda.
Fursatdan foydalanib Amudaryo tuman adliya bölimi barça bolajonlarni “Xalqaro bolalar kuni” bilan tabriklaydi va ularning yuzlaridan heç qaçon tabassum arimasligini tilab qoladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶