25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 10:16
Jamiyat 👁 682

“Qoradori – 2019” tadbirlari oʻtkazilmoqda

“Qoradori – 2019” tadbirlari oʻtkazilmoqda

Jahon miqyosida xalqqa, millat kelajagiga xavf tugʻdirayotgan xatarlardan biri bu giyohvandlikdir. Bu ofat insoniyatni zalolat botqogʻiga choʻktirib, tubsiz jarlikka qulatadi. Uning taʼsiridan mamlakatimiz aholisini muhofaza qilish maqsadida giyohvand vositalarning noqonuniy aylanishi, uning yetishtirilishiga qarshi muntazam kurash olib borilmoqda.

Yurtimizda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi kurashish boʻyicha turli tadbirlar oʻtkaziladi. Chunki hali ham odamlar orasida tarkibida narkotik moddalar boʻlgan oʻsimliklarni ekish, uning orqasidan moʻmay daromad orttirishni koʻzlayotganlar topiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari D.Nazarmuhamedovning tegishli  koʻrsatmasi asosida joriy yilning 1-mayidan 30-iyuniga qadar 1-bosqich respublika miqyosidagi “Qoradori - 2019” keng qamrovli tadbiri oʻtkazilishi belgilangan edi. Mazkur koʻrsatma talablarini bajarish maqsadida tumanda ham IIB profilaktika inspektorlarining Sogʻliqni saqlash idoralari bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, dispanser hisobidagi giyohvandlikka mubtalo boʻlgan va muqaddam giyohvand moddalarga bogʻliq jinoyat sodir etgan shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik-ogohlantiruv tadbirlarining samaradorligini yanada oshirish boʻyicha choralar koʻrildi.

Tadbirlar davomida muqaddam giyohvandlik  moddalarini isteʼmol qilish, olib kirish va tarqatish bilan bogʻliq jinoyat sodir etgan shaxslarning turar joylari, tomorqalari, dala hovlilari, xoʻjalik va boshqa yer uchastkalari toʻliq tekshirilmoqda. Ularning turmush-tarzi va xatti-harakatlari nazoratga olinmoqda. Bundan tashqari, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda muqaddam jinoyat sodir etib, hozirgi kunda qidiruvda boʻlgan shaxslarni ushlash choralari koʻrilmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan va majburiy davolashga muhtoj giyohvandlik kasalligiga mubtalo boʻlgan shaxslarni belgilangan tartibda maxsus davolash-profilaktika muassasalariga joylashtirish choralari ham koʻrilmoqda. Shu qatorda egasiz va hech kim yashamaydigan xonadonlarda ishratxona va bangixonalar tashkil etilishining oldini olish, bu joylarda jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, ularning faoliyatiga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlar belgilangan boʻlib, shu asosda fuqarolar yigʻinlari masʼullari bilan hamkorlikda ovul va mahallalarda tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.

Giyohvandlik, zaharvandlik va alkogolizmning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida tumandagi barcha korxona va tashkilotlarda, taʼlim muassasalarida, fuqarolar yigʻinlarida profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari keng tarzda oʻtkazilib kelinmoqda. Mahalla faollari va profilaktika inspektorlari, ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari bilan hamkorlikda targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu illatning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida turli roliklar, kinofilmlar namoyish etilib, ayniqsa, yoshlarga keng tushuntirilmoqda va undan ogoh boʻlishga daʼvat qilinmoqda.

Hozirgi kunda tumanimizda “Qoradori - 2019” tadbirlari davom etmoqda.

Orifjon Qosimov, tuman IIB HPB katta inspektori.

(Illyustrativ foto)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026