FUQAROLAR YIĞINI RAISI SAYLOVI YaKUNLANDI, RAIS MASLAHATÇILARI, ÖRINBOSARLARI SAYLOVI DAVOM ETMOQDA
Tumanda jami 49 ta fuqarolar yiğinlari faoliyat yuritmoqda. Uşbu 49 ta fuqarolar yiğinlarida jami 195 200 nafar aholi istiqomat qiladi. Şularning 117 09 nafari saylov yoşidagi aholi hisoblanişadi. Tuman fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovini ötkazişga kömaklaşuvçi komissiyasining yiğiliş qarori bilan uşbu saylovçilarning 12 foizidan kam bölmagan miqdorida, jami 15265 nafari vakil sifatida may oyida bölib ötgan saylovda qatnaşişi belgilangan edi.
Saylov yakunlariga köra, jami 15265 nafar saylovçilarning 13027 nafari, yaʼni 85,3 foizi saylovda qatnaşdilar. Bölib ötgan saylov yakunlariga köra, 49 nafar fuqarolar yiğinlari raislarining 32 nafari yangidan saylangan bölsa, 17 nafari amaldagi raislardir. Şuningdek, 49 nafar raislarning 7 nafari xotin-qizlar va 3 nafari xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlaridir.
Saylangan raislarning 15 nafari öqituvçi, 2 nafari iqtisodçi, 16 nafari muxandis, 2 nafari huquqşunos hamda 14 nafari boşqa mutaxassisliklar böyiça malakali xodimlardir.
Saylangan raislarning 44 nafari özbek va 4 nafari qozoq hamda 1 nafari qoraqalpoq millatiga mansub fuqarolar hisoblanadi.
Şu yilning 20-may kunida tumandagi barça fuqarolar yiğinlarida fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonunining 30-moddasida: “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari böyiça fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) bir oy içida fuqarolar yiğini kengaşini şakllantiradi, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli)ning maslahatçilarini, fuqarolar yiğini faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça komissiyalarni va taftiş komissiyasini saylaydi”, degan norma belgilangan. Uşbu talabdan kelib çiqqan holda joriy yilning 18-may sanasidan 1-iyungaça barça fuqarolar yiğinlarida keyingi vakillar yiğilişlari ötkazilmoqda.
Uşbu yiğilişlarda, sanoq komissiyasini saylaş, fuqarolar yiğini masʼul kotibini tasdiqlaş, fuqarolar yiğini kengaşini tasdiqlaş, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli)ning örinbosarlari (fuqarolar yiğini raisining keksalar va faxriylar işlari hamda yoşlar masalalari böyiça maslahatçilari)ni, şuningdek, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli)ning maslahatçilarini, taftiş komissiyasini, fuqarolar yiğini faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça komissiyalarni hamda fuqarolar yiğini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatçilik tuzilmasi tarkibini saylaş masalalari kun tartibida körib çiqilmoqda.
B.BOLTABOYeV, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶