21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:52
👁 3,827

OBOD YuRTGA ORASTALIK YaRAShAR

OBOD YuRTGA ORASTALIK YaRAShAR

Yurtboshimiz Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yillik tantanalariga bagʻishlangan yigʻilishda soʻzlagan nutqida bir purmaʼno fikrni keltirib oʻtgan edi: "Barchamizga yaxshi ayonki, har qaysi inson, millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, bu dunyoga baxtli yashash uchun keladi. Bunday yuksak orzuga yetishning sharti va garovi boʻlgan omillar koʻp. Lekin ular orasida hayotimizga maʼno-mazmun beradigan, uni yanada yorugʻ va fayzli qiladigan bir omil borki, u ham boʻlsa, odamning oʻz uyi, oʻz yurtini har tomonlama goʻzal va obod qilib, shundan oʻzi mamnun boʻlib, rozi boʻlib yashashida yaqqol namoyon boʻladi”.

Prezidentimiz kirib kelgan 2013-yilni "Obod turmush yili” deb eʼlon qilar ekan, joriy yilni bunday atash zarurati qanday tugʻilganligiga urgʻu berib, birgina "obod” soʻzining maʼnosini loʻndagina qilib izohlab berdi. Yaʼni ular aytadilar: "Shuni taʼkidlash kerakki, obod degan soʻzning maʼnosini biz juda keng va chuqur tushunamiz. Obod deganda, xalqimiz, millatimiz nafaqat koʻrkam va chiroyli, shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalik, oʻzaro mehr-oqibat, ahillik, fayz-baraka hukmron boʻlgan joylarni, doimo pok niyat va sogʻlom intilish bilan yashashni tasavvur qiladi... Bunday mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, oʻzbekona aytadigan boʻlsak, barchamizning harakat va intilishlarimiz negizida, avvalambor, yurtimiz, Vatanimizni har tomonlama obod qilish, inson erkin nafas oladigan, tinch va farovon yashaydigan hayot barpo etish gʻoyasi mujassam ekanini, oʻylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz”.

Azizlar, qaranglar, "Obod turmush yili” qanday maʼnoga ega, uning mazmun-mohiyatida naqadar ulugʻ donishmandliklar mujassam... Gapimni Yurtboshimizning fikrlariga urgʻu berishdan boshlaganimning sababi shundaki, bu yilgi oldimizda turgan rejalarimiz, fikr va oʻylarimiz shunchaki rejalashtirish emas, bu vatanparvarlik sari chorlov, tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash, intilishlarga dalda boʻlish, el-yurtimiz obodligi yoʻlida samarali mehnat qilish, va oqibat natijada, uning mevasidan oʻzimiz, farzandlarimiz  bahramand boʻlishimiz demakdir!

Mana, yurtimizga bahor fasli ham kirib keldi. Hamma joyda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Koʻchalar, guzarlar, mahallalarda ishlar avjida, keksa-yu-yosh qoʻlidan keladigan biron yumush bilan mashgʻul boʻlib, oʻz makonlarini saranjom-sarishta qilishga baholi qudrat intilishmoqda. Biz tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimida maktab rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda taʼlim muassasalarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirib oldik. Aytish joyizki, har yilgi "rejalashtirish”lardan farqli oʻlaroq, oʻz imkoniyatimizni hisobga olgan holda bajaradigan ishlarimiznigina emas, balki biz har bir ovul va mahallalarda oʻrnak boʻlib, ularni oʻzimizning orqamizdan ergashtirib, boshqalarga namuna boʻla oladigan ishlarimizni oʻylashib oldik. Bu jarayonda biz har bir taʼlim muassasasining oʻz imkoniyatlarini ham hisobga oldik.

Xizmat safari bilan vodiyda boʻlganimda katta asfalt yoʻl boʻyida, mashinalar qatnovi qismining chekkasida uzundan-uzoq oppoq chiziq eʼtiborimni tortdi. Qarasam, oddiy yumaloq toshlarni shu tariqa tizib chiqishganki, goʻyo uzun lentani eslatadi. Unga ohak bilan ishlov berishgan.  Meni hayron qoldirgan narsa bu ishni qanday qilib tashkil qilishgani emas, aksincha, ushbu toshlarning sochilib ketmasdan, (aniqrogʻi uni tepib, urib-surib sochib yubormasdan) marjondek boʻlib turgani boʻldi.

Xoʻsh, bizda-chi! Odam boʻyi yetmaydigan balandlikda turgan yoʻl belgilariga bir qarang, ariq-zovurlar koʻpriklaridagi yoki korxona-tashkilotlar kabilarning oldidagi panjaralarning ahvoliga bir nazar tashlang!!! Bir qarashda oddiy qoʻl kuchi bilan "eplash qiyin” boʻlgan ishlarni ham koʻrasiz. Oʻylanib qoldim, bu yerlarda yashayotgan odamlar, ularning farzandlari qanday maktabda oʻqishgan, qanday mahallalarda voyaga yetishgan, bundayin odobni kimdan oʻrganishgan ekan? Oʻylangan sari uyalib keta boshladim. Demak, birinchi navbatda, bizda taʼlim-tarbiya muassasalarimizda, qolaversa oilalarimizda, har bir xonadonimizda hali-beri nafaqat oʻqitadigan, balki  uqitadigan narsalarimiz bisyor ekan!

Fursatdan foydalanib, men tumanimizning butun taʼlim sohasi ishchi-xodimlarini joriy "Obod turmush yili” dasturida belgilangan vazifalarning hayotga tatbiq qilinishida, har bir xonadondan tortib butun mahallalarimiz, qishloq va shaharlarimizning tom maʼnodagi obod, ozoda va koʻrkam boʻlishlarida jonbozlik koʻrsatishga chorlayman! Farzandlarimiz qalbida yaxshilikka intilish, yomonlikdan qochish kabi xislatlarni jonlantirish, mehnatsevarlikka oʻrgatish – bir soʻz bilan aytganda qobil insonlar boʻlib yetishishlari yoʻlida  bor kuch-gʻayratimizni ishga solaylik! Ishonamanki, bunday xususiyatlarga ega boʻlgan insonlar haqiqiy vatanparvar, iymon-eʼtiqodli shaxslar boʻlib kamol topishadi. Iymon-eʼtiqodli insonlar bor makonda saranjom-sarishtalik boʻlib, yurt obod, turmush goʻzal, hayot farovon boʻladi!

         Ashirboy QOʻShAYeV.

tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri oʻrinbosari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026