Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq qabulxonasi mudiri özi taʼlim olgan maktabga 260 dan ziyod kitob sovğa qildi
Tumanimizdagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari yozgi taʼtilda ham köp vaqtini maktab kutubxonasida ötkazişadigan bölişdi. Çunki şu yil 27-may kuni maktab sobiq öquvçisi, uzoq yillar prokuratura sohasida samarali mehnat qilgan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri Hakimboy Halimov kutubxonaga 260 tadan ortiq badiiy, siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, şuningdek, oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiruvçilar uçun qöllanmalar sovğa qildi. Albatta, bu kitoblarning ayrimlari uning özining turli yillarda öqigan, bugungidek darajaga yetişişida muhim rol öynagan kitoblaridir.
Hakimboy Halimov bu kitoblarni öquvçilar qöliga topşirar ekan, ularga ilm örganib, yurtimiz koriga yaraydigan insonlar bölib voyaga yetişişini tiladi.
Maktab maʼmuriyati tomonidan sobiq öquvçiga buningdek xayrli işi uçun minnatdorlik bildirildi. Çunki eng yaxşi va beʼbaho sovğa – kitobdir.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶