Mehr-muruvvat tadbirlari davom etmoqda
Ramazon oyi har yili mamlakatimizda bağrikenglik, özaro mehr-oqibat va muruvvat oyi sifatida ötkazilib, musulmon birodarlarimiz bir oy toat-ibodatda bölişib, Allohning farz amali – ramazon rözasini islomiy qadritlarga muvofiq gözal xulq sabr-toqat ila ötkazadilar. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi 4349-son Qarorida ham ramazon rözasini köngilli ötkazişlarini taʼminlaş, xalqimizning ölmas islomiy qadriyatlarga sadoqatini hurmat qilgan holda muborak Ramazoni şarif oyini emin-erkin, birdamlikda ötkazişlarini taʼminlaş ilgari surildi. Şuningdek Ramazon hayit bayramini uyuşqoqlik va birdamlik asosida ötkaziş belgilab qöyildi.
Tuman mahallalar Kengaşi va joylardagi ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari tomonidan muborak iyd Ramazonni munosib kutib oliş va nişonlaş maqsadida 2019-yil 2-iyun kuni ehtiyojmand va yakka-yolğiz fuqarolarni qöllab-quvvatlaş, mahallalarda özaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlaş, aziz avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbirlari olib borildi. Özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofilaştiriş tuman Kengaşi tomonidan bir qança kam taʼminlangan, ehtiyojmand, yakka-yolğiz kişilar holidan xabar olinib, ularning muammolari örganildi.
Manğit şahrining “Döstlik”mahallasida yaşovçi yakka-yolğiz onaxon Bozorgul momo Safarboyeva körsatilayotgan bu kabi eʼtibor va rağbatdan mamnun ekanligini izhor etdi:
- Xudoga şukur, - dedi onaxon, - meni mahalladoşlarim, hukumatimiz yolğizlatib qöygani yöq. Tez-tez ahvolimdan xabar olib turişadi, katta rahmat!
Bu kabi mehr-muruvvat tadbirlari tumanimizning barça ovul va mahalallarida davom etmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶