“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan davra suhbati ötkazildi
Bugungi kunda sud-huquq tizimida qabul qilinayotgan har bir qarorning asosli, adolatli hamda qonuniy bölişiga erişiş va sudlarning çinakam mustaqilligini, odil sudlovga aralaşganlik uçun javobgarlik muqarrarligini taʼminlaş böyiça qonun hujjatlari qabul qilinib, tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyatini, inson huquq va manfaatlarini keng tuşuntiriş maqsadida aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari ötkazilib borilmoqda.
6-iyun kuni Amudaryo Qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengaşi tomonidan “Sud-huquq islohotlari – inson manfaatlarini himoya qilişning mustahkam va işonçli kafolati” mavzusidagi davra suhbati taşkillaştirildi. Mazkur tadbirda partiyaning Qoraqalpoğiston hududiy Kengaşi raisi örinbosari A.Paxraddinov, tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov, partiyaning tuman Kengaşi raisi I.Polvonov, tuman Kengaşi deputatlari, partiya faollar hamda OAV vakillari iştirok etdilar.
Qiziqarli ötgan tadbirda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, inson huquqlarini, ularning qonuniy manfaatlarini samarali himoya qiliş, sud hokimiyatining nufuzini yanada mustahkamlaş, uni haqiqiy adolat qörğoniga aylantiriş, kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişdagi örni va rolini kuçaytirişdan iboratligi töğrisida söz yuritildi. Şuningdek, Prezidentimizning 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş va sud hokimiyati organlariga işonçni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni har tomonlama puxta va çuqur öylangan ğoyalarga asoslanib, tizim nufuzini oşiriş, sudlarni ixtisoslaştiriş bilan birga xalq, uning taqdiri, huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilişning yuksak ifodasi bölganligi taʼkidlab ötildi. Şu qatorda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida fuqarolarning huquq va erkinliklarini izçillik bilan taʼminlaş, sud-huquq tizimini isloh qiliş, sud hokimiyati hamda advokatura faoliyati mustaqilligini mustahkamlaşga yönaltirilgan qonunlarning taşabbuskori böliş va ularni qöllab-quvvatlaş belgilanganligi haqida ham maʼlumot berildi.
Tadbirda iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Ş. Eşmurodova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶