Hayot saxovatli insonlar bilan gözal
Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbusi bilan 2019-yil 2-24-aprel kunlari ötkazilgan “Book challenge” aktsiyasi millionlab yurtdoşlarimiz qalbiga saxovat uruğini qadadi, desam adaşmayman. Alloh roziligi yölida beminnat xayr-ehson qiliş xalqimizning eng uluğ va azaliy qadriyatlaridan biri. Özgalarga mehr, quvonç, xayr-saxovat ulaşa olgan insonlar öz qalblarida çeksiz quvonçni, yaşaş zavqini, hayot qadrini his qila oladilar. Bu his-tuyğular şunçalar yoqimliki, inson imkoni kelganiça yana va yana mehr-muruvvat, xayr-saxovat ulaşgisi kelaveradi. Allohga beadad şukurlar bölsinki, yurtimizda ana şunday qalbi daryo, saxovat-peşa insonlar juda köp.
Aprel oyida yurtimiz böylab ötkazilgan “Book challenge” aktsiyasi nafaqat saxovat ulaşiş, mohiyatan maʼrifat ulaşiş, ziyoga çorlaş aktsiyasi böldi. Yillar davomida unutilayozgan kitobxonlik qadriyati qayta tuğilayotganidan biz öqituvçilar juda xursand böldik. Öquvçilarimiz qölidagi har xil badiiy kitoblar, közlaridagi kitobga mehr tuyğusi maʼnaviy qadriyatlarimizning naqadar uluğvorligidan dalolatdir.
Kitobxonlikka bölgan tarğibot va taşviqot bu borada ota-onalarning tuşunçasini özgartirdi. Bugungi kun ota-onalari bolasi uçun eng yaxşi sovğa kitob ekanligini anglab yetmoqda. Bunga “Kitob ulaş” aktsiyasi davomida guvoh böldik. Ota-onalar nafaqat öz bolalariga kitoblar sotib olib berib xursand qilişdi, balki farzandi taʼlim olayotgan maktab kutubxonasiga ham köplab kitoblar sovğa qilişdi. Aktsiya muborak Ramazon oyida ham davom etdi. Bolalar quvonçidan quvona bilgan barça saxovatli ota-onalarga öz minnatdorçiligimizni izhor etamiz.
Zamonamiz yoşlari uçun eng yaxşi hadya – kitobdir. Azizlar, bolangizga yoki maktab kutubxonalariga ilmiy yoki badiiy kitoblar sovğa qilar ekansiz, jamiyatimiz maʼnaviyatiga, ertangi yoruğ kunlarimizga hissangizni qöşgan bölasiz. Zero, kitobni sevgan, qadrlagan bolalar birovga yomonlik qilişmaydi. El-yurtni, özini va özgalarni qadrlaşni örganadi. Mehr körgan, saxovat, muruvvat körib ösgan bolalar ertaga özlari ham boşqalarga mehr-muruvvat körsata oladigan şafoatli insonlar bölib voyaga yetişadi.
Hulkaroy XÖJANIYoZOVA, 40-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶