“AmuKids” öquv markazi yoş avlod kamoliga xizmat qiladi
Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodni çuqur bilimli, tafakkuri keng, yuksak ijodiy qobiliyatli qilib tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Iqtidorli bolalar maktablari, ixtisoslaşgan maktablar tarzida taşkil etilayotgan Prezident maktablari aynan şu maqsadga xizmat qiladi.
Tumanimizda iyun oyining boşida öz faoliyatini boşlagan “AmuKids” öquv markazi faoliyati ham boşlanğiç taʼlimni rivojlantirişga qaratilgan. Çunki boşlanğiç taʼlimni puxta va çuqur egallab, mustahkam bilim poydevoriga ega bölgan bola yuqori sinflarga ötganida dars maşğulotlari murakkablaşganidan yo köpayib borişidan qiynalmaydi, oson özlaştira boradi. Ayniqsa bolalarning mental arifmetika bilan şuğullanişi bolalarning aqliy qobiliyatini, tafakkurini östirişga va boşqa fanlardan ham mustahkam bilimga ega bölişiga zamin yaratişi tajribalarda aniqlangan.

Maktab dasturida bolalar odatda matematikani örganiş, raqamlarni özlaştiriş va odatiy arifmetik hisoblaş jarayonida faqatgina miya yarim şarining bir tarafidangina foydalanadi, faqat mantiqiy fikrlaydilar. Pasm çiziş yoki mehnat darslarida yaratuvçanlik qobiliyati şakllanadi.
Mental arifmetika bilan şuğullaniş va şu uslubda misollar yeçiş natijasida bolaning ikkala miya yarim şari ham baravariga işlaydi. Va yana bola özi sezmagan holda miyasini ham mantiqiy fikrlaşga, ham yaratuvçanlik qobiliyatini qöllaşga majburlaydi. Bu dastlabki uç oy içida öz natijalarini bera boşlaydi.
Mental arifmetika orqali fikrlaşga örgangan bola olgan könikmalarini taʼlimning barça darsliklarini özlaştirişga hamda hayotining har bir lahzasida qöllay oladi, aqliy qobiliyati boşqa tengdoşlaridan keskin farq qiladi.
Bu satrlarni öqigan ota-onalarning könglidan albatta, mening ham farzandim şunday bilimlarga ega bölsa edi, degan öy ötişi şubhasiz. Axir farzandlarimiz umrimiz davomçilari, barça orzu-umidlarimiz röyobi ularga boğliqda.
Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat pedagogika universitetining boşlanğiç taʼlim fakultetini muvaffaqiyatli tugatib kelib, öz pedagogik faoliyatini 40-sonli örta maktabda boşlagan Zuhra Yernafasova ham bu haqda davriy matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda öqib, qiziqib qoldi, öz hududimizda ham bolalarga şunday taʼlim beruvçi markaz taşkil qiliş, tumanimiz bolalarining intellektini rivojlantiriş fikri unga tinçlik bermay qöydi. Bu haqda tuman Xalq taʼlimi bölimiga murojaat qildi, respublika intellektni rivojlantiriş markazi seminar treninglarida qatnaşib, bu borada avval öz bilimlarini boyitdi. Nihoyat bir neça oy qilgan harakatlari natijasida Manğit şahrida “AmuKids” öquv markazini taşkil etişga muvaffaq böldi.
Yakka tadbirkor sifatida taşkil etgan öquv markazida bolalarni maktabga tayyorlov guruhi, mental arifmetika, ingliz tili, rus tili, ona tili, matematika, Prezident maktablariga tayyorlov kurslari faoliyati yölga qöyilgan.


- Iş boşlaganimizga bir neça kungina bölgan bölsa-da, hozir markazimiz öquv kurslariga qatnaşayotgan bolalar soni 100 nafardan oşib ketdi. Murojaat qilayotgan ota-onalar soni esa köp. Imkoniyatimiz darajasida ularni qamrab olişga intilamiz, - deydi Zuhra Yerlafasova.
Kelgusi avlod kamoloti yölidagi har bir xayrli iş eʼtiroflarga munosibdir. Biz ham yoş tadbirkor muallim qizga boşlagan işi öngidan kelişini tilab qolamiz.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶