Nogironligi bölgan yoşlarga öqişga qabul qiliş böyiça imtiyozlar haqida tuşunça berildi
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlar va nogironligi bölgan yoşlarga keng imkoniyat va şaroitlar yaratib beriş masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Nogironligi bölgan şaxslarning taʼlim olişi, ularni maxsus kasb-hunarga tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, nogironligi bölgan şaxslarni işga joylaştiriş tizimini yaxşilaş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

12-iyun kuni Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejida Özbekiston Nogironlar jamiyatining tuman bölinmasi bilan hamkorlikda mazkur nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyun kungi 417-sonli Qarorini nogironligi bölgan yoşlarga keng tarğib qiliş maqsadida uçraşuv ötkazildi. Nogironlar jamiyatining tuman bölinmasi rahbari N.Xolboyeva, Ittifoq qoşidagi “Imkoniyati çeklangan yoşlar va bolalar markazi” tuman volontyori M.Pahmatullayevalar iştirok etgan uçraşuvda Prezidentimiz tomonidan nogironligi bölgan yoşlarga berilayotgan imkoniyatlar, bundan samarali foydalana biliş lozimligi töğrisida söz yuritildi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyun kungi 417-sonli Qaroriga asosan Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi bölgan şaxslarni köşimça davlat granti kvotalari asosida ökişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom böyiça keng tuşunçalar berib ötildi. Şuningdek, I va II guruh nogironligi töğrisidagi maʼlumotnomaga ega bölgan nogironlarning hujjatlarini oliy taʼlim muassasasiga topşiriş tartibi va boşqalar batafsil tuşuntirildi.
Uçraşuvda yoşlar keng tuşunça va yetarli maʼlumotlarga ega böldilar.
M. Örozimbetov,
Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶