Maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilari uçun seminar-trening ötkazildi
Davlat talablari va “Ilk qadam” variativ öquv dasturini amaliyotga tatbiq qiliş maqsadida tumandagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilari uçun seminar-trening taşkil qilindi.
15-iyun kuni tumandagi “Amu quyoşi” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotida ötkazilgan seminar-treningga Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi masʼul xodimlari Ravşan Idrisova va Zamira Yerejepova boşçiligidagi “Ilk va maktabgaça yoşdagi bolalar rivojlanişiga qöyiladigan Davlat talablari” va “Ilk qadam” öquv dasturi asosida malaka oşirib kelgan 30 nafar ilğor pedagoglardan taşkil qilingan trenerlar taşrif buyurişdi. Ular 5 ta guruhga bölingan holda maşğulot ötkazişdi. Maşğulotlarda tumandagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarining 210 nafar tarbiyaçilari qatnaşişdi.


Seminar-treningda asosan “Ilk qadam” öquv dasturini amaliyotga tatbiq etiş, davlat talablarining bajarilişi, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim Vazirligining 183-sonli buyruği asosida tarbiyaçilarning iş hujjatlarini yuritiş böyiça keng qamrovli tuşunçalarni berildi. Tarbiyaçilar bu böyiça özlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va kerakli maʼlumotlarga ega böldilar.
Muloqot tarzida ötgan seminar-trening qiziqarli tafsilotlarga boy böldi.

D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶