XOTIPALAPGA KÖÇGAN UMP
Yaxşi odamning qisqa umridan manguliklar qoladi. Ha, elim deb, eldoşlariga qayişib, ertasi farovon bölişi uçun kuraşib yaşaganlar ölmaydi, ularning hayoti xotiralarga köçadi, xolos.
Oliy maʼlumotli muhandis-quruvçi, siyosatşunos, iqtisod fanlari nomzodi, “Şuhrat” medali va Qoraqalpoğiston Pespublikasida xizmat körsatgan iqtisodçi unvoni sohibi, hayotining sönggi 18-yilini tumanimizga rahbarlik qilib, hududimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga, aholi turmuşi farovonligini oşirişga baxşida qilgan Pajapboy Yöldoşev ham tirikligida öz mehnatlari bilan öziga mangulik haykal örnatib ketgan edi, desak aslo mubolağa bölmas.
Uni tumanimizning yoş-u keksasi birday hurmat qilar, el uçun fidoyilik bilan qilayotgan mehnatini yuksak qadrlar edi.
Pajapboy Yöldoşev tumanimiz aholisi qalbida qattiqqöl, talabçan, ammo kamtar, ğamxör el oğasi sifatida ham joy olgan edilar. U kişi tumanimiz aholisining köpçiligini tanir, uçraşganda hazil-mutoyibani ham joyiga qöya oladigan xuştabiatli inson edilar. Yaqinlari, döstlari, sinfdoşlari bilan diydorlaşib turişga eng dolzarb pallalarda ham vaqt ajrata olar, birpasgina ötirişganida ham ularning könglini öz hurmatidan, mehridan bahramand eta olar, davralarga yoruğlik olib kirardi.
Şu boisdan-da bugun u kişini eslaydigan, haqiga duo qiladiganlar köp.
Şu yilning 19-iyunida 20 maktabni 1969-yilda tugatgan sobiq sinfdoşlar maktabni tugatganlariga 50-yil tölişi munosabati bilan ötkazgan uçraşuvini dastlab oralaridan bevaqt ketgan sodiq dösti Pajapboy Yöldoşev xotirasini yod etiş bilan boşladilar. Maktab binosida yiğilgan qadrdonlar avvalo Pajapboy Yöldoşev qabrini ziyorat qilib, poyiga guldastalar qöydilar. Qurʼon tilovat qilindi, har biri öziga xos u haqdagi xotiralarini sözladilar.
Ellik yildan söng özlari taʼlim olgan maktab bağrida diydorlaşiş uçun mamlakatimizning turli burçaklaridan yetib kelgan sobiq sinfdoşlar har biri öziga toğday suyançiq bilgan, samimiy va ğamxör bolalik dösti – Pajapboy Yöldoşev xotirasiga atab ehson oşi berişdi.
– Bizni birinçi sinfdan öqitgan, boşlanğiç sinf öqituvçimiz Latipova Zipa opa asli juda inoq qilib tarbiyalagan edilar, – deya xotirlaydi tadbir taşkilotçilaridan biri Sobir Kenjayev. – Ana şu tarbiyaning mevasi – hozir ham sobiq sinfdoşlar bir-birimizdan ayrilganimiz yöq. Sinfimizda Pajapboyning örni alohida edi. Keyinçalik oliygohni tugatib, turli quriliş taşkilotlarida, tumanimiz ijroiya qömitasi raisi örinbosari, Nukus tumani ijroiya qömitasi raisi, Amudaryo tumani ijroiya qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Vazirlar Kengaşi Paisi, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi Paisining örinbosari, tumanimiz hokimi bölib işlagan vaqtlarida ham sobiq sinfdoşlar quvongan damlarida ham, qiynalgan damlarida ham birga böldi, men falonçiman, deb turmay, doim töy-maʼrakalarga kelsa, menga nima xizmat bor, derdi.
Men unga senga ulkan xizmat bor, birpas ötiraylik, deya hazillaşardim.
Amudaryoday ulkan tuman rahbarlaridan biri bölgan odamning bir sinfdoş qizining öğlining töyiga Aşxobodday joyga borganining özi uning qançalik kamtarin, samimiy döst bölganini isbotlay oladi. Bu – 1984-yil bölgandi. Bozorgul ismli sinfdoş qizimiz Aşxobodda öqib, oilasi bilan şu yoqda yaşab qoldi. U qişloğimizga, ota-onasinikiga har kelganida biz sobiq sinfdoşlar töplanib körgani borardik, suhbatlaşib töymasdik. Öşa yili u öğliga töy qildi. Şunda Pajapboy, men, yana olti nafar sinfdoşlar turmuş örtoqlarimiz bilan Aşxobodga töyga borganmiz. Hazil-mutoyiba bilan olis yöl azoblarini ham sezmaganmiz. Öşa vaqtda Pajapboy Yöldoşev tumanimiz ijroiya qömitasi raisi örinbosari lavozimida edi. U heç qaçon oyoği yerdan uzilmagan, biron kun eldan, döstlaridan ayro yaşamagan odam edi.
Pajapboy Yöldoşevni xotirlaş marosimida sobiq sinfdoşlaridan taşqari, ularga taʼlim-tarbiya bergan ustozlari Pimboy Bekatov, Gulçehra Matmurodova, Dilorom Ahmedovalar ham iştirok etişib, u haqdagi xotiralarini sözladilar. Xotira keçasi sobiq sinfdoşlarning maktabni tugatganlariga 50-yil tölişi munosabati bilan taşkillaştirilgan diydorlaşuv tadbiriga ulanib ketdi.
Diydor lahzalari... naqadar totli onlar. Biroq ular davrasida bir döst örni böş – oramizdan bevaqt ketgan Pajapboy Yöldoşev nafaqat döstlari, balki, tumanimizning barça aholisi qalbida mangu yaşaydi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶