Harbiy sohaga oid masalalar böyiça sayyor qabul ötkazildi (+Video)
Harbiy xizmat masalalari yuzasidan tumanimizda sayyor qabul bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Pespublikasi Mudofaa işlar boşqarmasi boşliği Bahodir Begaboyev, Nukus harbiy prokurori Bahodir Xudoyberdiyev, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Mudofaa işlar bölimi boşliği Azizbek Jonuzoqov hamda hokim örinbosarlari, davlat organlari va idora-taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.



21-iyun kuni ötkazilgan mazkur sayyor qabulda harbiy sohadagi islohotlar, özgariş va yangiliklar xususida maʼlumot berildi. Ötkazilgan sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqaro iştirok etib, özlarining harbiy sohaga oid muammolari bilan murojaat qildi. Ularning harbiy xizmatni ötaş, şartnoma pullarining tölanişi, harbiy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş, iş bilan taʼminlaş, umumtaʼlim maktablaridagi yoşlarni çaqiriqqa tayyorlaş fanlari dars soatlarini köpaytiriş va boşqa ijtimoiy himoya masalalariga doir savollari tinglandi. Barça murojaatçilarning mulohazalari batafsil örganilib, takliflari eʼtiborga olindi.



Ular duç kelgan muammolar alohida qayd etilib, bartaraf etiş böyiça mutasaddilarga vazifalar berildi. Şuningdek, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun harbiy-texnik körgazmalar, sohaga oid tadbirlarni köproq taşkil etiş lozimligi taʼkidlandi.
Sayyor qabulda bir neça muammoli masalalar joyida ijobiy hal etildi.


O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶