2022-yilda Özbekiston Respublikasi böyiça aholini röyxatga oliş ötkazilişi rejalaştirilmoqda
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 2020-yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini röyxatga oliş dasturini qöllab-quvvatlaşini eʼtiborga olgan holda, aholi sonining aniq hisoblab çiqilişini taʼminlaşga qatʼiy daʼvat etmoqda. Yagona hisobga oliş davrida aholining jinsi, yoşi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, hayot darajasi, yaşaş şaroiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boşqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari böyiça yakka tartibda hisobga oliş va batafsil tavsiflaş maqsadida respublikamizda 2022-yilda aholini röyxatga oliş amalga oşiriladi.
Şu örinda aytiş joizki, mustaqillik yillarida bunday jarayon hali bölib ötmagandi. Bu esa aholi soniga, yoş-jins tarkibiga keskin taʼsir körsatgan özgarişlar, fuqarolarning respublika hududidagi joylaşuvi xususiyatlari va boşqa ijtimoiy-demografik öziga xosliklarga oid mavjud maʼlumotlarni qöllaşning sezilarli darajada çeklanişiga olib kelayotgan edi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzurida 2022-yilda aholini röyxatga olişga kömaklaşuvçi hududiy komissiyalar taşkil etiladi. Ular röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq tadbirlarning öz vaqtida hamda sifatli bajarilişini taʼminlaşadi va jarayonga masʼul hamkor taşkilotlar iş faoliyati samaradorligini oşirişga, jarayonga jismoniy va yuridik şaxslarni jalb qilişga, ularning mehnatiga haq tölaş masalalarini hal qilişga masʼul hisoblanadi.
Aholining röyxatdan ötkazilişi respublikamiz hayotida muhim jarayon sifatida örin egallaşi şubhasiz. Bu har bir fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaqqol namoyon etadi. Şu bilan birga kelgusida aholi farovonligini yanada oşirişda olib borilişi kerak bölgan işlar kölamini aniqlaşga ham yordam beradi.
H.Haytimbetov,
tuman Statistika bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶