Nogironligi bölgan fuqarolar yangi xonadonlarga ega bölişdi
Prezidentimiz taşabbusi bilan uysiz, kam taʼminlangan, nogiron va boquvçisini yöqotgan oilalarni uy-joy bilan taʼminlaş işlari amalga oşirilmoqda. Şahar va tumanlarda bunyod etilayotgan zamonaviy turar joylar ularga imtiyozli ravişda berilmoqda.
26-iyun kuni Toşyop ovulidagi “Yangiobod-1” mavzesida “Amudaryo maxsus quriliş” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 4 mlrd. 234 mln. sömdan ziyod mablağ evaziga qurib bitkazilgan 2 qavatli, 16 xonadonli 2 ta uy foydalanişga topşirildi. Şu munosabat bilan taşkil etilgan tantanali marosimda Özbekiston Respublikasi boş prokurori örinbosari E.Tajiyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori X.Karimov, Prezidentning Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi boşliği H.Halimov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi raisi Z.Ibragimova, tuman hokimi S.Yöldaşev hamda davlat va jamoat taşkilotlari rahbar va masʼul xodimlari qatnaşişdi.
Tadbirda uy-joyga ehtiyojmand nogironligi bölgan fuqarolarning röyxati tegişli işçi guruhlarning örganişlari, xalq qabulxonalari va mahalliy hokimliklarga tuşgan murojaatlar asosida maxsus işçi komissiya tomonidan şakllantirilganligi, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz böylab amalga oşirilayotgan bunday ezgu işlar barçaga xursandçilik bağişlaş bilan birga, özgalar kömagiga muhtoj insonlarning hayotga qiziqişini oşirayotganligi, ertangi kunga işonçni mustahkamlayotganligi, röy berayotgan özgariş va yangilanişlar, bunyodkorlik işlarida yanada faol iştirok etişga ruhlantirayotganligi haqida söz yuritildi.
Şundan söng, 16 nafar nogironligi bölgan va nogiron farzandlari bor fuqarolarga Prezident sovğasi - yangi xonadonlarning kalitlari topşirildi. “Yoşlar oyligi” doirasida 3 nafar yoş oilaga ham mazkur turar joylardan yangi xonadonlar berildi.
Uy topşiriş marosimi katta töy, şodiyonaga aylandi. Yangi xonadon egalarining quvonçi tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari ijrosidagi şöx qöşiq va dilrabo raqslarga ulanib ketdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶