Oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarni DXM orqali topşiring!
HURMATLI ABITURIYeNTLAR !
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan abituriyentlar uçun oliy taʼlim muassasalariga hujjat topşirişda yana bir imkoniyat va qulayliklar yaratildi. Bundan buyon abituriyentlar özlari yaşab turgan hududdan uzoqlaşmagan holda oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun hujjat topşirişi mumkin.
Hozirgi kunda abituriyentlardan barça şahar va tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlari, şuningdek, olis hududlarda joylaşgan markazlar çaqobçalari orqali ham hujjatlarni qabul qiliş yölga qöyildi.
Yaratilgan bunday imkoniyatlar öz navbatida abituriyentlarning qimmatli vaqti va qarajatlarining tejalişini taʼminlaydi.
Masalan, Amudaryo tumanining Dörman OFY Qoramon MFYda yaşovçi abituriyent bundan buyon 130 km olisda joylaşgan Nukus şahriga kelib yurmasdan, şu hududda joylaşgan Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topşiriş imkoniyatiga ega böldi.
Özbekiston Reuspublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun Amudaryo tumanida hujjatlarni qabul qiliş
REJASI
Olis xududlar nomi
Amalga oşiriş muddatlari
1. Qiliçboy OFY, Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji 29-iyun 2019-yil
2. Bobur OFY, Amudaryo melioratsiya kasb-hunar kolleji 3-iyul 2019-yil
3. Qipçoq OFY, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji 6-iyul 2019-yil
4. Nazarxan OFY, 3-sonli umumiy örta taʼlim maktabi 9-iyul 2019-yil

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶