“RADIOJURNALIST BÖLIŞIMGA SAʼDULLA AKA SABABÇI BÖLGAN”
Men 1978-yil 27-iyunda Qoraqalpoğiston Respublikasi teleradiokompaniyasining (u paytda teleradio qömitasi deb yuritilardi) radio böyiça Amudaryo tumanidagi maxsus muxbiri vazifasiga tayinlandim. Mening bu işga joylaşişimda 1967-yildan eʼtiboran özaro hamfikr, aka-uka, döst tutingan Saʼdulla aka Xöjaniyozovning xizmatlari katta. U bevosita boş-qoş bölib, zarur hujjatlarni tayyorlatib, qömitaga vakant öringa tavsiya qilinişimda yaqindan yordam berdi. Negaki, 1967-yildan boşlab sobiq “Amudaryo haqiqati” gazetasida maqolalarim çiqib turardi. Işga olişda mana şular eʼtiborga olindi. Diplomimga köra, aslida tarix fani öqituvçisi bölişim kerak edi. Ammo ustozim va döstim Saʼdulla aka Xöjaniyozovning çorlovi hamda bevosita maʼnaviy va amaliy yordami tufayli mana qirq bir yildan buyon radiojurnalist bölib elimga xizmat qilmoqdaman. Buning uçun ustozim va döstim Saʼdulla aka Xöjaniyozovdan bir umrga minnatdorman. Bu kişi ajoyib elparvar inson. Uning yuksak insoniylik fazilatlarini hamma vaqt qadrlayman. Ayniqsa, uning bevosita yordami tufayli tumanimizda juda köp yoş ijodkorlar va jurnalistlar yetişib çiqdi.
Ustozning yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va ularning ijodiy parvozlariga qanot bağişlaş borasidagi xayrli işlari köp. Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoir, ustoz Saʼdulla aka Xöjaniyozovni şogirdlari eng köp jurnalist, deya baralla ayta olamiz.
Ustoz! Hamişa bor böling, soğ-u salomat bölib, uzoq umr köring, kasb bayramingiz qutluğ bölsin!
Qobul ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶