22.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
22.11.2026, 02:18
Maqolalar 👁 651

OILA QÖPĞONINING OBODLIGI – HAP KIMNING ÖZ QÖLIDA

OILA QÖPĞONINING OBODLIGI – HAP KIMNING ÖZ QÖLIDA

Ulkan, qator ötirğiçlar örnatilgan sud zali. Asabiylaşgani şundoqqina aftidan sezilib turgan yoş er-xotin zalning biri öng, biri çap tarafida ötirişibdi.

Sudya bosiqlik bilan minbarda turgan yetti-sakkiz yoşlar çamasidagi şiringina öğlonga dedi:

– Sen heç narsadan qörqma bolakay, senga heç kim tazyiq ötkazmaydi. Oldingdagi qoğozga kim bilan qolişingni yoz.

Sud zalida sukunat. Sudyaning nigohlari bolakayda. Bola... bola... qoğoz ustiga bemajol ruçka tutgan qölini qöydi.

“Kim bilan qolişingni yoz”. Bola iztirobda biroz boşini egib turdi. Keyin sekingina dadasiga nigoh taşladi. Esini taniganidan buyon u bilan boğliq baxtiyor damlari köz öngiga keldi: ota-onasining xuşçaqçaq ötirib nonuşta qilganlari, dadasining erkalaşlari, baliq oviga borganlari, quvalaşib-quvalaşib öynaganlari, uşlab olgan vaqtida bağriga qattiq bosib, yuzi bilan yuzini, köksini qitiqlaganlari. ... Nahot ota-onasi ajraşadi-yu, u dadasidan ayrilsa... yöq! Bunday bölmasligi kerak, axir unga dadasi judayam kerak! Dadasi ham “men sen bilanman” deganday boşini qimirlatib qöydi.

Bola nigohini onasiga burdi. Mendan voz keçmoqçimi, degan xavotirda ötirgan ona bir qalqib tuşdi. Norasidaning köz öngida oilasi baxtiyor yaşagan davrlardagi onasi bilan keçgan damlari jonlandi. Eh... qanday ajoyib damlar edi-ya, u damlar. Endi... u... Endi nahotki u özini jonidan-da ortiq köruvçi onasidan voz keçsa? Axir bolaga ikkovidan biri bilan qolişini, biridan voz keçişini yoziş topşirildi. Bu qanday dahşat! Axir farzand ota yo onasidan qanday qilib yuz ögira oladi? Nohaqlik emasmi, bu? Bola aqliga siğadimi bu?

Uning qalbini örtayotgan alamli öylar közlaridan şaşqator yoş bölib qoğoz yuziga tomdi. Öylay-öylay axiyri öz qarorini yozdi: “Ota-ona tanlanmaydi, men öz oilamda qolişni istayman”. Va közlarida umid, iltijo bilan qoğozni sudyaga uzatdi.

Bu rolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan beri körgan odamning könglini ezadi. Men ham har safar qayta körganim-da er-xotin heç bölmasa, şu jajji öğilçasi uçun ajraşiş fikridan qaytişsa edi, deb öylayman, bolaning köz yoşlari yuzini yuvib turgan holatini heç unutolmayman.

Töğri, bu rolik – ijod mahsuli. Biroq hayotda şu bola holiga tuşib azoblanayotganlar, otasini yo onasini faqat tuşlarida körib, soğinçdan yuraklari yara bölib yaşayotgan norasidalar kammi?

Bu-ku, ota-onasi ajraşayotgan bolaning hayotidan birgina lavha, xolos. Ajraşiş tufayli yetim bölib qolayotgan bolalarning hayotini köz oldingizga bir keltirib köring-a, ular umr böyi şunday azoblarni tortib yaşaşga mahkum emasmi?

Mamlakatimizda yoş oilalarning oyoqqa turib ketişini, osuda va farovonligini taʼminlaş uçun ğamxörliklar tobora kuçayayotgan, yoş kelin-kuyovlarning mustaqil hayotga moslaşişini taʼminlaş borasida tarğibot-taşviqot işlari olib borilayotgan bir vaqtda, afsuski, oilaviy ajraşişlar kundan-kunga köpaymoqda. Bu boradagi tumanimizdagi statistikaga nazar taşlaydigan bölsak, 2017-yilda 93 ta, 2018-yilda 106 ta, joriy yilimizning şu kunigaça 62 ta oila ajraşgan. Ötgan yilning şu davrigaça 47 ta ajraşiş qayd etilganini nazarda tutsak, buningdek noxuş holat joriy yilda yana ham köpayayotganiga guvoh bölamiz.

2018-yilda 99 nafar begunoh bolalar tirik yetim bölib qolişgan edi. Joriy yilda şu kungaça bunday bolalar soni 42 nafarga yetdi. Soğlom hayot keçiruvçi odamlar tasavvur qilişi qiyin bölgan yana bir dilni örtaydigan fakt: joriy yilda ajraşgan oilalarning törttasiga ayollarning xiyonati sabab bölgan.

Gulşod Yusupova – “Oila” markazi tuman bölimi rahbari:

– Axloqsizlikni har qanday holatda ham oqlab bölmaydi. Ayniqsa, oilali, farzandli ayollarning bu yölga kirişi umuman keçirilmasdir. Çunki ona farzandlar tarbiyasiga, oilada tinç-totuvlikni, özaro hamjihatlikni taʼminlaşga masʼul şaxs.

Afsuski, ana şunday möʼtabar zotlar orasida ham öz burçini, masʼuliyatini unutib, ötkinçi havaslar quliga aylanib qolayotganlari ham uçrab turadi. Bunday ayollar bilan alohida şuğullanib, nojoiz yöldan qaytarişga intilayapmiz.

2019-yilning ötgan davrida 50 tadan ziyod arzimagan ikir-çikirlar tufayli ajraşiş yoqasiga borib qolgan, hatto sudga ariza bilan murojaat qilgan oilalarni yaraştirişga muvaffaq böldik.

Afsuski, keyingi yillarda deyarli barça xonadonlarda mavjud internet, xorijiy kanallar hayotimizga ğarb “Ommaviy madaniyati”ning ayrim körinişlari kirib kelişiga “hissa” qöşayotganidan köz yumib bölmaydi.

Yoşlarning yengil-yelpi hayotdan örnak olişi ertaga bir kun yelkasiga rözğor taşvişlari tuşganida, aniqki, esankirab qolişiga sabab böladi. Ajraşiş eng töğri yöldek körinadi, hayot hind filmlari emasligini anglab yetişmaydi.

Ha, tinç-totuv, baxtiyor oilani barpo etişning ham maşaqqatlari, bosib ötiladigan past-baland yöllari bor. Mana bu onaxonlarning sözlariga quloq tutsangiz, bu borada köproq tasavvurlarga ega bölasiz:

Xadiça Törayeva – taʼlim faxriysi:

– Mening ikki öğil, ikki qizim bor. Dadasi vafot etganida kiçkinam hali esini tanimagan edi. 28-sonli maktabda öqituvçi bölib işlab, yolğiz özim törtovini ham oliy maʼlumotli, uyli-joyli qildim. Bu aytişga oson, boşimdan ötganlari faqat Yaratganga ayon. Biroq buni anglagan hamkasblarim, qöşnilarim doim könglimga dalda bölib keldi. Bugun bolalarimning kamolini körib yaşayotganimdan baxtiyorman. Yoşlar oila masʼuliyatini çuqur anglaşsa, ötkinçi taşvişlarni yenga olişsa, albatta, yaxşi kunlarga yetadi.

Momojon Nurimbetova – tibbiyot faxriysi:

– Mening tört nafar öğlim bor. Dadasi bilan ularni öqitdik, kasb-hunarli qildik. Voyaga yetganida birin-ketin uylantirdik. 16-yil tört kelinim bir hovlida yaşaşdi, biri-birovi bilan urişib, yo er-xotin orasida nizo çiqib, ota uyiga ketib körişmadi. Baʼzan, anglaşilmovçiliklar bölib qolsa, yonimga ötirğizib, barini bosiqlik bilan tuşuntiraman. Vaqt-soati yetib, hozir törtovini ham hovli-joyli qilib, rözğorini bölaklab berdik.

Demoqçimanki, ota-onalar farzandlari yangi turmuşga könikib ketguniça yoşlarning köp xatolarini keçirib, köp yöl-yöriqlar berişi kerak, oilani asraşni örgatişi kerak.

***

– Maktabimizda 11 nafar heç qaçon közlari kulmaydigan öquvçilarimiz bor. Bilasizmi, nega? Ota-onasi ajraşgan, xorijdan neça yillardan beri kelmay yurgan oilalar farzandlari bölganidan, köngli ota-ona mehriga qonmaganidan, özlarini ota-onasiga keraksizday his qilganidan. Men rahbar sifatida doim ularning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor beraman, fan öqituvçilaridan ham ularning köngliga yöl topib muomala qilişini, ozgina muvaffaqiyati uçun ham sinfdoşlari oldida rağbatlantirib, eʼtibor berişini talab qilaman. Biroq ota-onasining “qalaysan” yo “barakalla, bolam” degan bir oğiz söziga ne yetsin! Nega ota-onalar buni tuşungisi kelmaydi ekan-a?

şahridagi maktablardan birining direktori aytgan bu sözlarning hayotda tasdiğini hammamiz körib yuribmiz. Bola ota-onasi bağridagina baxtiyor böladi.

Biz yuqorida ajraşişlar haqida aytdik. Eng açinarlisi, bugungi kunda ham ajraşiş yoqasida turgan yuzdan ziyod oilalar bor. Ularni bundan saqlab qolişga harakat qiliş hammaning burçi. Çunki ularning biri qöşni, biri mahalladoş, biri qarindoş...

Bu dunyoda emin-erkin va betaşviş yaşab, osuda turmuş keçirişimiz uçun öz daxlsiz hududimiz – özimiz bino qilgan oila deya atalguvçi muqaddas qörğonimiz mustahkam va obod bölmoği lozim. Haqiqiy baxtga ana şu qörğon içidagi qonunlarga böysuniş, özaro ahillik, bir-birovga hurmat, yoşi uluğlarning hayotiy tajribalaridan ibrat oliş, sabrlilik bilan yaxşi kunlarga intiliş tufayli erişiladi.

Unutmaylik, har birimiz yaşayotgan oilamiz – jamiyatimizning bir bölagi. Demak, oila qörğonimiz obod, farovon bölmoği uçun şu jamiyat fuqarosi sifatida zimmamizda ulkan masʼuliyat bor, şunday emasmi?

Oygul PAJABOVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026