Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanişga topşirildi (+Foto, video)
Prezidentimiz taşabbusi bilan aholini namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzon, qulay, şinam uy-joylar bilan taʼminlaş yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar tufayli hududlarda muhtoj köplab oilalar öz uylariga ega bölişmoqda.



30-iyun kuni Manğit şahrining Farovon mahallasida ham 72 ta oila ana şunday uslubda qurilgan uylarga köçib ötdilar. 2 sotixlik yerga qurilgan, barça qulayliklarga ega uylarning foydalanişga topşiriliş marosimi bayram tusini oldi.
Tantanada tuman hokimligi masʼul xodimlari, korxona, taşkilotlar, quriliş sohasida faoliyat körsatayotgan taşkilotlar vakillari, mahalla fuqarolar yiğini xodimlari va faollari iştirok etdilar.
Yangi, körkam uylarga ega bölayotgan xonadonlar egalarini tuman hokimi S.Yöldaşev qizğin tabrikladi.


Tantana iştirokçilari foydalanişga topşirilayotgan uy-joylarda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar va quruvçilar mehnatiga yuksak baho berdilar.
Maʼlumot uçun: foydalanişga topşirilgan yangi uy-joylarning 20 tasini “Temir beton”, 10 tasini “PMK-304”, 6 tasini “Guldiyorim”, 4 tasini “Quriliş xizmat”, 6 tasini “Çoğaraqköl quriliş”, 16 tasini “Manğit ideal quriliş”, 4 tasini “Global universal industriya”, 6 tasini “Sanjar – Diyor bilding” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari quruvçilari bunyod etişdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶