Grant loyihasi doirasida ötkazilgan maʼnaviyat kuni kollej yoşlariga manzur böldi
"Nuroniy" jamğarmasi tuman bölimining "Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz" nomli grant loyihasi doirasida taʼlim muassasalarida maʼnaviyat kunlari, uçraşuvlar va davra suhbatlari taşkil etilib kelinmoqda. Yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş, ularni kitob mutolaasiga jalb etiş orqali dunyoqaraşini kengaytiriş va har qanday mafkuraviy xurujlardan, “ommaviy madaniyat” taʼsiridan himoya qiliş maqsadida ötkazilib kelinayotgan bunday tadbirlar öz samarasini bermoqda.

2-iyul kuni Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida mazkur grant loyihasi doirasidagi “Maʼnaviyat kuni” munosabati bilan uçraşuv ötkazildi. Tadbirda "Nuroniy" jamğarmasi tuman bölimi raisi B.Allaberganov, “Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi A.Matsafoyev va mahallaning keksa otaxonlari iştirok etdilar.
Jamğarmaning tuman bölimi raisi B.Allaberganov grant loyihasi va uning doirasida ötkazilayotgan tadbirlarning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida gapirdi. “Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi A.Matsafoyev ham “ommaviy madaniyat”ning zararli oqibatlarini, ulardan va har xil buzğunçi ğoyalardan ogoh böliş kerakligini, kitobxonlik madaniyatini yanada oşiriş, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş lozimligini aytib ötdi. Katta hayotiy tajribaga ega nuroniy otaxonlar ham bu borada yoşlarga öz maslahatlarini berişdi.
Kollej yoşlaridan Azamat Ahmedov, Imomaddin Najmaddinov, Şahlo Yoqubova, Jurʼatbek Otajonov, Dilnavoz Rajabova, Maftuna Erjanovalar kitob mutolaasining ahamiyati, internetdagi imkoniyatlardan oqilona foydalaniş böyiça mulohazalarini bayon qildilar.
Maʼnaviyat kuni munosabati bilan ötkazilgan uçraşuv yoşlarda katta taassurot qoldirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶