“Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli loyiha asosida davra suhbati ötkazildi
2-iyul kuni Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejida “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli grant loyihasi doirasida “Xalqaro va milliy qonunçilikda nogironlar huquqlarining aks ettirilişi” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Davra suhbatini “Mening oilam” gazetasining masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov kiriş söz bilan oçib, loyiha haqida davra suhbatidan közlangan maqsad haqida gapirdi.
Davra suhbatida Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi qoşida faoliyat körsatayotgan nogironlarni qöllab-quvvatlaş bölimi volontyori Muyassar Rahmatullayeva davra suhbati kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Şundan keyin “Mening oilam” gazetasi muxbiri Ozoda Xudoyberganova, Nogironlar jamiyati aʼzosi Yulduz Karimova, kollej öquvçilari Çaros Oçilboyeva, Holida Saparniyozova, Javlon Ortiqov, Maʼmurjon Saidov va Abbos Ismoilovlar sözga çiqdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶