25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 13:07
Jamiyat 👁 630

MAHALLADA HAM KASBIY FAOLIYaTIMDA HAM XALQ BILAN BIPGAMAN

MAHALLADA HAM KASBIY FAOLIYaTIMDA HAM XALQ BILAN BIPGAMAN

Biz hammamiz mahallada yashaymiz, mahallamizdagi har bir koʻcha, har bitta xonadon, mahallaning yosh-u qarisi biz uchun qadrli, tanish. Shuning uchun ham mahallamizning har bir qarich yerini obod, xalqini farovon, baxtiyor koʻrgimiz keladi.

Men Mangʻit shahrining Oybek nomli  mahallasida yashayman. Garchi tuman Tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritsam-da, oʻzim istiqomat qiladigan mahalla va koʻchaning doimo obodon va sarishta boʻlishi, toʻy-marosimlarning kamchiqim, fayzli oʻtishi uchun mahallamiz faollari bilan hamjihatlikda ish yuritishga harakat qilaman. Yilning toʻrt faslida ham Oybek nomli mahallamizda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari aslo toʻxtamaydi. Har bir xonadonning moʻʼjazgina oʻz bogʻ-rogʻi bor tomorqasini rizq-roʻz manbaiga aylantirmagan xonadon yoʻq hisobi.

Mahalla faollari bilan birgalikda turli bayram sanalari munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazamiz. Ayniqsa, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning  bandligini taʼminlash, giyohvandlikka qarshi kurash, erta va qarindoshlar nikohining oldini olish, diniy-eksremizmga, yot gʻoyalarga qarshi kurash mavzularidagi tadbirlarga butun mahalla yoshlari qamrab olinadi. Bu kabi tadbirlar bois, mahallamizda jinoyatchilik, maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari yoʻq hisobi.

Men 7-Oybek saylov okrugidan saylangan Adolat SDPdan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida saylovchilarning  manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning murojaatlari boʻyicha partiya Kengashiga 8 ta soʻrovnoma kiritib, bu murojaatlarning oʻz vaqtida hal etilishida deputatlik vakolatim doirasida ish yuritib, mahallamiz aholisi hayotiga oid muammolar yechimini topishda oʻz hissamni qoʻshganimdan mamnunman.

Mahalladagi ikki nafar qariya holidan tez-tez xabar olish, turli bayramlar sanalari munosabati bilan ibratli oilalar bekalari va xalqimizga oʻz vaqtida fidoyi xizmat qilgan, ayni paytda nafaqada boʻlgan insonlarga sovgʻalar berish, xonadonlarga  kirib, xalq bilan ochiq muloqotlar oʻtkazish, saylovchilarning murojaatlarini joyiga chiqib oʻrganish, partiya guruhi aʼzolari bilan birgalikda yoshlar oʻrtasida ochiq va oshkora tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazish doimiy anʼanaga aylangan.

Oʻz kasbiy faoliyatim bilan bogʻliq masalalarni hal etishda ham bevosita Adolat SDPning saylovoldi dasturi va saylovdan keyingi rejaviy tadbirlarini oʻz vaqtida bajarishni oʻz burchim deb bilaman. Tuman Tibbiyot birlashmasi kasaba uyumasi qoʻmitasining yillik va choraklik rejaviy tadbirlari doirasida turli bayram sanalari munosabati bilan faol kasaba uyushma aʼzolari ragʻbatlantirib borilmoqda. Chunonchi, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tibbiyot xodimlaridan 40 nafar ayol-qizlarga, Navroʻz - umumxalq bayrami arafasida 50 nafar faxriy va eng faol shifokorlarga kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar berildi. 9-may -  Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sobiq afgʻon urushi faxriylari uchun “Bir piyola choy ustida gurung” tadbiri tashkil etilgani ayni muaddao boʻldi. Faxriy jangchilar olis yillar xotiralarini eslab, madaniy va maʼnaviy dam oldilar.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki mehnat ahli hamisha mazmunli hordiq chiqarish, sayohatlar qilish evaziga oʻz sogʻligini, mehnat qobiliyatini tiklab oladi. Shu bois, TTB kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan har yili tibbiyot xodimlari uchun tarixiy qadamjolarga, mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar uyushtirilib turiladi. Xususan, Nukus shahridagi Savitskiy nomidagi tarixiy muzeyga, Xiva shahriga, Shayx Jalil ota, Sulton Uvays Koraynin, Kechirmas ota, Norinjon bobo ziyoratgohlariga uyushtirilgan sayohatlarda har safar 50-60 nafar tibbiyot xodimlari oila aʼzolari bilan miriqib dam oladilar. Bundan tashqari, kasaba uyushma qoʻmitasi homiyligida “Sogʻlom oila” shiori ostida tashkil etiladigan oilaviy sport musobaqalari muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.

Albatta, bu kabi tadbirlar har bir mehnatkash insonning qalbida ona yurtga muhabbat tuygʻularini uygʻotib, kasbiy faoliyatida va hayotda faollikka undaydi, joʻshqin kayfiyat baxsh etadi, Hayotga joʻshqin nazar bilan boqishga oʻrgatadi va bundayoin joʻshqinlik insonni maʼnan yuksaltiradi.

Poʻzimboy NUPIMBETOV, TTB kasaba uyushma qoʻmitasi raisi,

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026